Pokiston Hindistonning yuqori lavozimli harbiy amaldorini yo‘q qildi

️Jammu va Kashmirga berilgan zarba natijasida besh kishi, shu jumladan yuqori lavozimli amaldor halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda Hindistonning PTI agentligi.
The Guardian gazetasining yozishicha, Hindiston Qurolli Kuchlari Pokiston bilan mojaroning yanada kuchayishini kutib, chegaraga qo‘shimcha kuchlarni jo‘natishni boshlagan.
️Hindiston armiyasi ma’lum qilishicha, Pokiston chegarada qo‘shinlar joylashtirishni kuchaytirmoqda.
️Hindiston tomonining ta’kidlashicha, Pokiston Panjobdagi aviabazaga hujum qilish uchun tovushdan tez uchadigan raketadan foydalangan.
️Pokiston o‘z armiyasi Jammu va Kashmir hududidagi Birnala shahridagi aerodromni, Hindistonning uchta blokpostini, shuningdek, Jammu va Kashmir hududining Punch tumani, Bhimber-Ghali qishlog‘idagi Hindiston Qurolli Kuchlari brigadasi shtabini yo‘q qilganini ma’lum qildi.
️Hindiston rasmiylari Hindistonning Adampur shahrida S-400 "Triumf" zenit-raketa kompleksi yo‘q qilingani haqidagi ma’lumotni rad etdi. Hindiston hukumati matbuot departamenti S-400 tizimining yo‘q qilingani yoki biron-bir tarzda shikastlangani haqidagi xabarlar asossiz ekanini ta’kidlamoqda.