Pokiston bosh vaziri Afg‘onistonni tiklashda kimlar yordam berishiga umid bildirishini aytdi

Pokiston bosh vaziri Afg‘onistonni tiklashda kimlar yordam berishiga umid bildirishini aytdi

Pokiston bosh vaziri AQSH, Xitoy va Rossiya Afg‘onistonni tiklashda yordam berishiga umid qilmoqda. Bu haqda Imron Xon Newsweek nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Pokiston bosh vaziri urush va mojarolar Afg‘oniston iqtisodiyoti, jamiyati va hukumatiga "halokatli ta’sir" ko‘rsatganini ta’kidladi.

"Umid qilamizki, Afg‘onistondagi vaziyat insonparvarlik yordami, iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash, kommunikasiya imkoniyatlari va infratuzilma sohasidagi loyihalar tufayli barqarorlashadi hamda bu ishda AQSH, Xitoy, Rossiya vaziyatni normallashtirish, rekonstruksiya qilishga o‘z hissalarini qo‘shadi", — dedi u.

Bosh vazir Tolibon hukumati hali ham muvaqqat ekanligini va qachonki, butun mamlakat harakat qo‘liga o‘tsagina haqiqiy hukumat sifatida tan olinishini qo‘shimcha qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!