Peruda tiriklayin ko‘milgan lamalarning suyaklari topildi

Peruda tiriklayin ko‘milgan lamalarning suyaklari topildi

Kalgari va Uamanga universiteti (Peru) olimlar jamoasi Inklarning qadimgi poytaxti Tambo Vyexoda g‘ayrioddiy hayvon suyaklarini topishdi.

“Daily Mail” xabariga ko‘ra, ushbu markaz bir vaqtlar Akari vodiysidagi odamlarni kuzatishda foydalanilgan.

Ta’kidlanishicha, "juda yaxshi saqlanib qolgan" suyaklar ularni topgan jamoaning fikriga ko‘ra, katta ehtimollik bilan 500 yillik tarixga ega.

Tadqiqot guruhi tomonidan qayd etilishicha, suyaklarda kesilgan yoki o‘limning aniq belgilari bo‘lmaganligi bois hozirda ularni tiriklayin dafn etishgan degan taxmin ilgari surilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!