Peru terma jamoasi futbolchilari Ispaniya polisiyasi bilan janjallashdi

Peru terma jamoasi futbolchilari Ispaniya polisiyasi bilan janjallashdi

Peru terma jamoasi futbolchilari va Ispaniya polisiyasi o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi. Bu haqda ESPN xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, voqea mehmonxonada ro‘y bergan. Muxlislar perulik futbolchilarga yaqinlashmoqchi bo‘lganida ispan polisiyasi o‘yinchilardan birini itarib yuborgan. Futbolchi bunga javoban polisiyachini turtgan. Shundan so‘ng perulik futbolchilar va polisiya o‘rtasida kichik ziddiyat yuzaga kelgan.

Eslatib o‘tamiz, Peru terma jamoasi bugun Madridda Marokashga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!