Pedri: «PSJ»ni «eb tashlashimiz» kerak»

Pedri: «PSJ»ni «eb tashlashimiz» kerak»

Pedri Chempionlar ligasi 1/4 finali doirasidagi «PSJ»ga qarshi o‘tadigan javob o‘yini haqida gapirdi.

«Ikkita bir-biriga o‘xshash jamoalarmiz. Tomoshabinlar uchun ajoyib o‘yin bo‘ladi, deb o‘ylayman. G‘alaba qozonish uchun bor kuchimizni ishga solamiz.

Luis Enrikeni yaxshi bilamiz. Shuning uchun ehtiyot bo‘lishimiz kerak. Ozgina ustunlik biz tomonda. Shunday ekan, «PSJ»ni maydonda «eb tashlashimiz» kerak», — deydi kataloniyaliklar yarimhimoyachisi.

Eslatib o‘tamiz, Parijdagi bahsda «Barsa» 3:2 hisobida zafar quchgandi. Seshanba oqshomidagi o‘yin soat 23:59da boshlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!