Pavel Durovning ukasi qamalmasligi uchun Rossiyadan ketdi. U qayerda?

Pavel Durovning ukasi qamalmasligi uchun Rossiyadan ketdi. U qayerda?

Telegram asoschisi Pavel Durovning ukasi Nikolay Sankt-Peterburgni tark etib, Dubayga joylashdi. Bu haqda «Komsomolskaya pravda» xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Nikolay yuqori intellektual qobiliyatga ega, matematika, dasturlash va fizika sohalarida ilmiy tadqiqotlarga katta e’tibor beradi.

“Pavel dasturlashtirmaydi. U menejer. Kolya esa Telegramning barcha kalitlariga ega. Shuning uchun Pavel hibsga olingandan so‘ng, Fransiya hayratdan og‘zini ochdi va Nikolayni qidiruvga berdi. Ular hamma narsani qo‘llarida deb o‘ylashdi, lekin adashishdi. Sof josuslik komediyasi", - dedi aka-ukalardan birining anonim do‘stlari.

Nikolayning qarindoshlarining so‘zlariga ko‘ra, u biroz vaqt oldin Sankt-Peterburgni tark etgan va hozir BAAda yashaydi. U arab rasmiylari uni Fransiyaga, hatto Rossiyaga ham ekstradisiya qilmasligiga ishonchi komil.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!