Pashinyan yil oxirigacha Ozarbayjon bilan tinchlik shartnomasi imzolanishi mumkin deb hisoblaydi

Pashinyan yil oxirigacha Ozarbayjon bilan tinchlik shartnomasi imzolanishi mumkin deb hisoblaydi

Yil oxirigacha Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasida tinchlik shartnomasi imzolanishi mumkin, Yerevan buning uchun barcha zarur choralarni ko‘rmoqda. Bu haqda Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan brifingda ma’lum qildi.

“Men har doim tinchlik shartnomasini yil oxirigacha imzolashni mumkin deb hisoblaganman, chunki men bunday shartnomani imzolash uchun siyosiy majburiyat olganman. Ha, yil oxirigacha uni imzolash mumkin, deb hisoblayman”, dedi u.

Biroq hukumat rahbari ikki davlat o‘rtasidagi tinchlik shartnomasini oktyabr oyida Granadada imzolash rejalashtirilmaganiga e’tibor qaratdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!