Parijda qirg‘izistonlik bokschiga sekundantlik qilgan o‘zbekistonlik «Chingiz Aytmatov» medali bilan taqdirlandi

Parijda qirg‘izistonlik bokschiga sekundantlik qilgan o‘zbekistonlik «Chingiz Aytmatov» medali bilan taqdirlandi

Parijdagi Olimpiada o‘yinlarida qirg‘izistonlik bokschi Munarbek Seyitbek o‘g‘liga sekundantlik qilgan o‘zbekistonlik murabbiy Akmal Hasanov «Chingiz Aytmatov» medali bilan taqdirlandi, deya xabar bermoqda 24.kg nashri.

«Chingiz Aytmatov nomidagi Issiqko‘l forumi» xalqaro jamoat birlashmasi bosh kotibi Assol Moldokmatovaning ma’lum qilishicha, o‘zbekistonlik murabbiyni «insoniylik, bag‘rikenglik va xalq diplomatiyasining yuksak saviyasi uchun» mukofotlash to‘g‘risidagi qaror 5 avgust kuni qabul qilingan.

«Akmalga insoniyligi hamda birodarlik munosabati uchun rahmat. Biz buni qadrlaymiz, hurmat qilamiz va qoyil qolamiz. [Qirg‘izistonga] kelishingizni intiqlik bilan kutamiz. Siz barcha maqtov va mukofotlarga loyiqsiz», — dedi u.

Eslatib o‘tamiz, Parijda o‘tayotgan yozgi Olimpiya o‘yinlarida 4 avgustga o‘tar kechasi qirg‘izistonlik bokschi Munarbek Seyitbek o‘g‘li amerikalik Harvey Jahmalga qarshi chorak final jangini o‘tkazib, yarim finalga chiqqandi. Jang davomida unga O‘zbekiston delegasiyasidan borgan murabbiy Akmal Hasanov sekundantlik qilgan.

Munarbekning shaxsiy murabbiyi Beganas Sultanbayev esa jangni ekran orqali tomosha qilgan. Tarmoqlarda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Munarbekning shaxsiy murabbiyi Beganas Sultanbayev akkreditasiya muammolari sabab Parijga bora olmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!