Parijda pensiya islohotiga qarshi 100 dan ortiq namoyishchi hibsga olindi

Parijda pensiya islohotiga qarshi 100 dan ortiq namoyishchi hibsga olindi

Dushanba kuni Parijda pensiya islohotiga qarshi uyushtirilgan namoyishlarda 113 kishi hibsga olindi. Bu haqda BFM telekanali ma’lum qildi.

Eng ommaviy namoyishlardan biri Parijning 7-okrugidagi Voban maydonida bo‘lib o‘tdi. Manbaning xabariga ko‘ra, bir necha ming kishi maydonga yig‘ilib, pensiya islohotini bekor qilishni talab qilib, hukumatning tegishli qonun loyihasini parlamentni chetlab o‘tib o‘tkazish qaroriga noroziligini bildirgan. Muxolifatning hukumatga ishonchsizlik haqidagi ikkita rezolyusiyasi parlamentning Milliy assambleyasida (quyi palatasi) yetarlicha ovoz ololmaganidan so‘ng, ayrim namoyishchilar chiqindi qutilarini yoqib, polisiya bilan to‘qnash kelishdi. Huquq-tartibot xodimlari ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan va namoyishchilarni maydonga kirishini to‘xtatgan.

Bir necha soat o‘tgach, namoyishchilarga Vobanni tark etishga ruxsat berildi, ularning ba’zilari Sent-Lazar stansiyasi va Parij operasi hududiga borishdi. Polisiya hududda katta namoyishni to‘xtatdi, ammo namoyishchilar kichik guruhlarga bo‘linib, shahar bo‘ylab axlat qutilarini yoqishda davom etmoqda. Ko‘pgina ko‘chalarda axlatchilarning ish tashlashi tufayli to‘plangan katta chiqindilar hali ham mavjud.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!