Ozarboyjonda parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi

Ozarboyjonda parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi

Ozarboyjonda parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi.

Oracle Advisory Group tomonidan o‘tkazilgan ekzitpol natijalariga ko‘ra, 1 centyabr kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari saylovlarda prezident Ilhom Aliyev boshchiligidagi hukmron “Yangi Ozarboyjon” partiyasi Milliy Majlisdagi 125 o‘rindan 63 tasini qo‘lga kiritdi.

Qolgan o‘rinlarni esa amaldagi hukumatni qo‘llab-quvvatlovchi rasmiy mustaqil nomzodlar, shuningdek, kichik hukumatparast partiyalar qo‘lga kiritdi. Mamlakatdagi eng yirik muxolifat partiyasi “Ozarbayjon Xalq fronti” parlament saylovlarini boykot qildi

Muxolifatdagi “Musavat” partiyasi so‘nggi 15 yil ichida ilk bor saylovlarda ishtirok etdi, biroq, yangi parlamentda birorta ham o‘rin olmadi. Partiyaning rahbari Orif Hojili Reuters agentligiga bergan intervyusida Ozarboyjondagi saylovlar halolligiga ishonmasligini, lekin "mamlakatdagi siyosiy muhitni jonlantirish uchun" unda qatnashganini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!