Ozarbayjon bilan energetika sohasida hamkorlik yanada chuqurlashtiriladi

Ozarbayjon bilan energetika sohasida hamkorlik yanada chuqurlashtiriladi

“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-134-son, 19.03.2024 y.) qabul qilindi.

🔰Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston va Ozarbayjon Respublikasi Hukumatlari o‘rtasida energetika sohasida hamkorlikni yanada chuqurlashtirish to‘g‘risidagi Bitim tasdiqlandi.

🗓Bitim 2023 yil 22 avgust kuni Boku shahrida imzolangan.

🏢 Energetika vazirligi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.

⚠️ Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin O‘zbekistonning majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!