Oyatulloh Ali Xomanaiyning Isroildan o‘ch olish haqidagi buyrug‘i bajariladi

Oyatulloh Ali Xomanaiyning Isroildan o‘ch olish haqidagi buyrug‘i bajariladi

Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi qo‘mondoni o‘rinbosari Ali Fadaviyning ma’lum qilishicha, IRQ rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiyning Isroildan o‘ch olish haqidagi buyrug‘i bajariladi.

Bu haqda Tasnim xabar bermoqda.

Fadaviyning so‘zlariga ko‘ra, “Hamas” guruhi Siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniyaning o‘ldirilishi uchun Isroil rasmiylariga “to‘lov” qilish “Eronning burchidir”. “Inqilobimiz rahbarining buyruqlari barcha imkoniyatlarimiz bilan bajariladi. Hozirda bu Eronning qarzi”, dedi Fadaviy.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!