Oxirgi yillarda qishloq xo‘jaligida amalga oshirilgan islohotlar qanday natija berdi?

Oxirgi yillarda qishloq xo‘jaligida amalga oshirilgan islohotlar qanday natija berdi?

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) ekspertlari 2017-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasida qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni tahlil qildi.

Oxirgi yillarda qishloq xo‘jaligi rivojiga yangi bir turtki bergan bir qator muhim islohotlar amalga oshirildi.

Jumladan, 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash, klaster tizimini joriy etish, savdoni erkinlashtirish va eksportni rag‘batlantirish, qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlarni ijaraga (ikkilamchi ijaraga) berish, suv tejovchi texnologiyalar qo‘llanilganda subsidiyalar taqdim etish, AKIS agroxizmatlar markazini ochish va boshqalar shular jumlasidandir.

Yaratilgan imkoniyatlar mamlakatda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Shunday qilib, paxta hosildorligi gektariga 2017-yildagi 23,8 sentnerdan 2022-yilda 34,0 sentnerga, sug‘oriladigan maydonlar ulushi 1,7 foizdan 24 foizga ko‘paydi. Ularda suvni tejovchi texnologiyalar tatbiq etildi, turli xil yo‘nalishlarda 465 ta klaster tashkil qilindi.

Savdoni erkinlashtirish va eksportni rag‘batlantirish bilan bog‘liq qonunchilikdagi o‘zgartirishlar 2017-2022 yillarda meva-sabzavot mahsulotlari eksportini 1,7 barobarga, ya’ni 652,3 million dollardan 1 134,3 million dollargacha oshirish imkonini berdi.

Ayni paytda respublikamizda 3142 ta issiqxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Shundan 1622 tasi keyingi 5 yilda qurilgan. Ularning umumiy maydoni 6300 gektardan ortiq.

2019-2022 yillarda O‘zbekiston Global oziq-ovqat xavfsizligi indeksida o‘z o‘rnini 12 pog‘onaga yaxshiladi va 85-o‘rindan 73-o‘ringa ko‘tarildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!