Ota qizini zo‘rlagan erkakni tiriklayin ko‘mib tashladi

A A A
Ota qizini zo‘rlagan erkakni tiriklayin ko‘mib tashladi

Qoraqalpog‘iston Respublikasida ayanchli qotillik sodir etildi. Ota qizini zo‘rlagan erkakni tiriklayin ko‘mib yubordi. Voqea tafsilotlarini "Huquq.uz" saytiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi bo‘lim katta prokurori Raxman SANKIBAYEV so‘zlab berdi. Quyida saytda keltirilgan maqolani to‘liq havola etamiz. 

Bundan bir necha yil ilgari sodir etilgan jinoyat nafaqat voqea ishtirokchilarini tanigan qo‘ni-qo‘shni va yaqinlarini, balki bu mudhish voqeani eshitgan har qanday kishini afsuslantirdi.

2016 yil 27 mart. Respublikamizning olis tumanlaridan birining ichki ishlar bo‘limi navbatchi qismiga noma’lum shaxsning qumga ko‘milgan murdasi topilganligi haqida xabar kelib tushdi. Voqea joyi ko‘zdan kechirilar ekan, qiynab o‘ldirilgan noma’lum shaxs tuman hududida istiqomat qilgan, 1968 yilda tug‘ilgan Sobirbek Bo‘riyev (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Sobirbek aslida kimligini, qaysi manzilda yashashini, kasbi-korini aniqlash huquq-tartibot idoralari xodimlarida deyarli qiyinchilik tug‘dirmadi. Gap shundaki, mar­hum ichki ishlar bo‘limi xodimlariga bundan sal avvalroq, ya’ni 2015 yilning noyabr oyi­da yuz bergan bir voqea tufayli juda yaxshi tanish bo‘lib qolgandi.

S.Bo‘riyev ikki xonali uyda yolg‘iz yashardi. U oilasida yuzaga kelgan kelishmovchiliklar tufayli turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgach, boshqa oila qurmagan. Hech qayerda ishlamasdi. Na ishi, na tayinli bir kasb-kori bo‘lmagan. U tengilar allaqachon o‘g‘il uylantirayotgan, qizlarini turmushga berayotgandi. Maqsadsiz hayot tarziga o‘rgangan S.Bo‘riyev esa bunday baxtdan o‘zini o‘zi benasib qilib qo‘ygandi.

Shunday kunlarning birida u kimdandir tuman hududida istiqomat qiluvchi fuqaro Zulfiya Xojaniyazovaning qo‘l telefoni raqamini oladi va unga qo‘ng‘iroq qilib, tanishish maqsadini bildiradi. Tabiiyki, notanish yigitning kutilmagan taklifi Zulfiya tomonidan shu paytning o‘zidayoq rad etiladi. Lekin S.Bo‘riyev Z.Xojaniyazovaga takror va takror qo‘ng‘iroq qilib, o‘zini 1990 yilda tug‘ilganligi, har kuni uni kuzatib yurganligi, hattoki, uni bir ko‘­rishdayoq yoqtirib qolganligi haqidagi yolg‘onlariga ishontirishga urinadi. Albatta, yoshi bir joyga borib qolgan S.Bo‘riyev qizni o‘z qarmog‘iga ilintirish oson kechmasligi aniq edi. Shuning uchun ham u Zulfiyaning soddaligidan foydalangan holda boshqa qator yolg‘onlarni o‘ylab topib, oxiri qizni, avval gaplashishga, so‘ng esa o‘zi bilan uchrashuvga chiqishga ko‘ndiradi.

Xullas, yigitning gaplariga ishongan qiz uchrashuvga chiqadi. Ammo atrof qorong‘i, ustiga-ustak S.Bo‘riyev kepkasini yuziga tushirib kiyib olganligi bois, aslida salkam ellik yoshar yigitni aniq ko‘ra olmaydi. S.Bo‘riyevning hiylasini qarangki, u Zulfiya bilan bo‘lgan ilk uchrashuvda bu mening rasmim deb boshqa bir yosh yigitning rasmini unga berib ketadi.

Ha, yosh yigitning rolini qoyilmaqom ijro etayotgan S.Bo‘riyevning niyati sezib turganingizdek, qora edi. U o‘zining shu qora niyatini amalga oshirish maqsadida Zulfiyani yana uchrashuvga chaqiradi. Kun botib, qorong‘i tushganidan so‘ng qizning uyiga yaqin atrofda turib, telefon orqali uni chaqirib oladi. Qiz yoniga kelishi bilan esa uning belidan quchmoqchi bo‘ladi. Tabiiyki, unga qarshilik ko‘rsatiladi. Ana shu payt S.Bo‘riyev Zulfiya­ning biqiniga pichoq tirab, uni olib qochmoqchiligini, agar ovoz chiqarsa, qo‘shnilar oldida sharmanda qilishini aytadi va uni yo‘lovchi mashinada o‘zi yashab turgan uyga olib boradi.

Xullas, shu kuni S.Bo‘riyev Zulfiyaning ko‘rsatgan qarshiligiga qaramasdan uning nomusini oyoqosti qiladi. Ertasiga esa shovqin ko‘tarilmasligi uchun qizning yaqinlariga uyali telefon raqamlarini yashirgan holda qo‘ng‘iroq qilib, Men qizingizni o‘z roziligi bilan olib ketdim, bugun-erta uydagilarni oldingizga yuboraman, deb, tinchlantirib qo‘yadi.

Ammo, bir marotaba qilingan qo‘ng‘iroqdan keyin boshqa xabar bo‘lmagach, Z.Xojaniyazovaning ota-onasi ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilib, qizini topishda yordam so‘raydi…

Albatta, tuman ichki ishlar bo‘limiga olib kelingan S.Bo‘riyev va Z.Xojaniyazovalar so‘roq qilinar ekan, bo‘lib o‘tgan voqealar negadir, umuman boshqacha tus oladi. Ya’ni Z.Xojaniyazova ichki ishlar bo‘limi xodimlariga bergan tushuntirish xatida fuqaro S.Bo‘riyevning uyiga o‘z roziligi bilan borganligini, hech kim uni bunga majbur qilmaganligini, o‘zining uyidan ota-onasining ruxsatisiz ketib qolishida Sobirbekning aybi yo‘qligini bildiradi.

Zulfiyaning ushbu ko‘rsatmasidan so‘ng S.Bo‘riyevga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat prosessual kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad etiladi.

Garchi, qiz o‘zini hech kim majbur qilmaganligi haqida bergan ko‘rsatmalari asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilmagan bo‘lsa ham Zulfiyaning ota-onasi ushbu voqealar tagida nimadir yashiringanini sezardi. Shu boisdan ham farzandi, qolaversa, oilasi sha’ni bilan bog‘liq ushbu voqeaning tagiga yetish maqsadida uyga qayt­ganidan so‘ng qizini qancha so‘roqqa tutmasin, u rozi bo‘lib o‘zim borganman degan javobdan nari o‘tmaydi.

Tabiiyki, kutilmaganda sodir bo‘lgan ushbu sirli voqea ota-onaga qattiq ta’sir qiladi. Ayniqsa, Zulfiyaning otasi O.Xojaniyazov o‘zini qo‘yarga joy topa olmay, qanday yo‘l bilan bo‘lmasin, bu voqea­ning tagiga yetishni, shu bilan birga, S.Bo‘riyevdan o‘ch olishni maqsad qiladi. Ming afsuski, nomusga chidamagan ota bu ishining jinoyat ekanligini xayoliga ham keltirmasdi.

O.Xojaniyazov shu kunning o‘zidayoq shaxsiy avtomashinasi yukxonasiga chamasi ikki metrlik arqon va bir dona pichoq solib qo‘yadi. Tuman ko‘chalari bo‘ylab kirakashlik qilar ekan, uning fikru xayolini faqat bir narsa, ya’ni qizining nomiga isnod keltirgan Sobirbekdan o‘ch olish niyati band qilgandi.
 

* * *



2016 yil 24 mart. O.Xojaniyazov izlagan odamini tuman ko‘chalarining biridan topdi. S.Bo‘riyev boshqaruvidagi avtomashina rulini borayotgan yo‘lak tomon burdi. Atrofga qaradi, hech kim yo‘q. Mashinadan tushib, darhol uning yoniga bordi. Vujudini kemirayotgan nafrat zarbaga qo‘shilib, bir urishda Sobirbekni yerga yiqitdi. Ko‘z ochib yumguncha S.Bo‘riyev o‘zini oyoq-qo‘llari bog‘langan holda mashinaning orqa o‘rindig‘ida ko‘rdi.

O.Xojaniyazov qizini yo‘l­dan urib, u orqali oilasining ustidan kulgan S.Bo‘riyevga o‘zicha hukm chiqargandi. Shuning uchun ham mashinasini odamsiz joylarda bir necha marotaba to‘xtatib, o‘zini himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘lmagan Sobirbekning duch kelgan joylariga urib-tepib, unga azob berishni davom ettirdi.

Tirik o‘ljaga aylangan S.Bo‘riyev holdan toyganidan keyingina O.Xojaniyazov Beruniy tumanida istiqomat qi­luvchi bojasi S.Maxsudovga qo‘ng‘iroq qilib, qizini aldab ketgan kishini mashinasida olib kelayotganligini aytdi va aytilgan manzilda kutib turishini iltimos qildi.

S.Maxsudov sanoqsiz berilgan zarbalardan o‘lar holatga kelib qolgan S.Bo‘riyevning ahvolini ko‘riboq, O.Xojaniyazovning bu ishi yaxshilik bilan tugamasligini uqtirgan bo‘ldi. Lekin g‘azab otiga mingan ota uning bu gaplariga parvo qilmasdan Sobirbekni o‘ldirish uchun bojasidan xilvatroq joy topib berishni so‘radi.

Shunday qilib, yarim tunda O.Xojaniyazov boshqaruvidagi Spark avtomashinasi S.Maxsudovning ko‘rsatmasi bo‘yicha tuman hududidagi ziyoratgohning shimoli-sharqiy tomoniga o‘n kilometrlar chamasi yurib, kimsasiz qumlikka kelib to‘xtadi. Yukxonadan qo‘l va oyoqlari bog‘langan S.Bo‘riyev tushirilib, qiynoq harakatlari yana davom ettirildi. Shundan keyin u S.Bo‘riyevni tabiiy chuqurlikka tepib tushirib, yonida olib kelgan belkurak yordamida ko‘mib tashladi.
 

* * *



Odam o‘ldirishdek o‘ta og‘ir jinoyatni sodir qilgan shaxslar murda topilgandan ikki kun o‘tib qo‘lga olindi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Ish sudda ko‘rilar ekan, sudlanuvchilarning jinoyati ularning o‘z qilmishlariga to‘la iqror bo‘lib bergan ko‘r­satmalari hamda ishga tegishli boshqa dalillar bilan tasdiqlandi. Shunday qilib, sudlanuvchilar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan aybdor deb topilib, uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jozosiga hukm etildi.


* * *



Maqolamizning boshida aytib o‘tilgan, Z.Xojaniyazovaning aldanganligi, so‘ngra nomusining oyoqosti bo‘lganligi, ichki ishlar bo‘limiga olib kelingandan so‘ng bergan tushuntirish xatini S.Bo‘riyevning qistovi bilan yozganligi, xullas, barcha-barchasi mar­humning vafotidan keyingina ma’lum bo‘ldi. Lekin endi S.Bo‘riyevni sodir qilgan ushbu jinoyatlari uchun qonuniy jazoga tortishning iloji yo‘q. Chunki guvohi bo‘lib o‘tirganingizdek, uning o‘zi jinoyat qurboniga aylandi.

Shunday qilib, bir qizning qo‘rquvga tushib yashirgan jinoyati oradan vaqt o‘tib, yana bir o‘ta og‘ir jinoyatning kelib chiqishiga sabab bo‘ldi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Srechko Katanes: "Jahon chempionatida terma jamoadan hech nima kutmanglar"

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Сречко Катанец Жаҳон чемпионати-2026'да мухлислар терма жамоадан ҳеч нарса кутмаслиги кераклигини айтди.

Dahshat! Eron birinchi marta zamonaviy vertikal raketalardan foydalanmoqda

Бу ҳақда "Ozod Iran" нашри хабар берди.

Uta Abe Diyora Keldiyorovaga "vizov" tashladi

Келдиёрова бу ерда бўлмаганидан хафсалам пир бўлди. Умид қиламанки, у қайтади, шунда мен ундан қасос оламан

Icroil «Qizil to‘y» operasiyasi doirasida 12 daqiqa ichida Eronning harbiy rahbarlarini yo‘q qildi

2024 йил ноябридан режалаштирилган ва 2025 йилда амалга оширилган «Қизил тўй» операцияси давомида Исроил ҳарбий ҳаво кучлари 12 дақиқа ичида Эроннинг 10 нафар юқори лавозимли ҳарбий раҳбарини йўқ қилишга эришди. Бу операция Эрон мудофаа тизимида жиддий нуқсон борлигини намойиш этди.

O‘zbekiston Boliviyaga mag‘lub bo‘ldi

Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Боливияга қарши имкониятни бой берди.

Nihoyat! Arab davlatlari Eron — Isroil urushi borasida "tilga kirdi"

Араб ва ислом давлатлари ташқи ишлар вазирлари Эронга қарши Исроилнинг ҳарбий ҳаракатларини тўхтатиш зарурлиги тўғрисида умумий баёнот берди.

Ronaldu va Messi bir tarkibda

FourFourTwo портали мутахассислари барча даврларнинг рамзий жамоасини туздилар.

"Eron bu urushda yolg‘iz emas..."

У Исроилнинг Эрон ядровий ва ҳарбий объектларига қарши давом этаётган операциясини қоралади.

O‘zbekistonlik 3 futbolchi Angliya klubida ko‘rikdan o‘tish uchun Londonga jo‘nab ketdi

Ўзбекистон футболининг иқтидорли ёшлари халқаро майдонда ўзини кўрсатиш имкониятига эга бўлмоқда. “Пахтакор” клуби ҳужумчиси Саидумархон Саиднуруллаев ҳамда “Сурхон” сафида тўп сурувчи икки ёш футболчи — Беҳруз Каримов ва Беҳруз Шукуруллаев Англиянинг машҳур “Куинз Парк Рейнжерс” (КПР) клубида кўрикдан ўтиш учун Лондонга йўл олишди.

Isroil Erondan keyin Pokiston hududiga zarbalar berishga zamin qo‘ygan(mi)?

Шуни таъкидлаш керакки, Исроилнинг оммавий ахборот майдонида Покистон одатда умуман тилга олинмайди ва, албатта, тинчликка таҳдид деб ҳисобланмайди.

Dahshat! Vafot etgan 88 yoshli ayol tobutda hushiga keldi

IDNES.cz нашрининг ёзишича, унинг турмуш ўртоғи 30 май куни тез ёрдам чақириб, хотинида ҳаёт белгилари йўқлигини маълум қилган

O‘qituvchi ayol Islom Karimov nomidan xat yozib, hokimdan 700 ming dollar so‘ragani ma’lum bo‘ldi

Тошкент шаҳридаги мактаблардан бирида ўқитувчилик қилиб келган аёл 2016 йили Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримов номидан Самарқанд вилоятининг ўша пайтдаги ҳокими Зоир Мирзаевга сохта хат ёзиб, 700 минг доллар ундиришга уринган. Бу ҳақда “Миллий” телеканалидаги “Ўткир тергов” кўрсатувида маълум қилинди.

Dollar va yevro keskin ko‘tarildi

Марказий банк 2025 йил 13 июндан валюталарнинг янги курсини белгилади.

Eron maxsus kuchlari urib tushirilgan uchinchi Isroil samolyoti uchuvchisini qo‘lga oldi

Ҳозирча ҳеч қандай расмий тасдиқ йўқ.

Ronaldu "Oltin to‘p"ni kim olishi kerakligini aytdi

Португалия терма жамоаси ҳужумчиси Криштиану Роналду "Олтин тўп" соҳибини аниқлаш мезонлари ҳақида гапирди.

Xitoy Rossiyadan keyin Eron tomoniga o‘tdi

Илгари хитойликлар нейтрал позицияни сақлаган, аммо Пекиннинг мавқеи Си билан Владимир Путин ўртасидаги телефон суҳбатидан кейин ўзгарди.

Erondagi yadroviy reaktorga zarar yetdi, radiasiya xavfi mavjud

Аракдаги реактор Теҳрондан 250 км жануби-ғарбийда жойлашган бўлиб, илмий тадқиқотлар учун мўлжалланган.

Rossiya AQShga Eronga zarba berishdan tiyilishga chaqiruvchi signal berdi

Бу ҳақда Исроилнинг Каn 11 телеканали хабар берди.

Rus va ukrain xalqlari bu bitta xalq, shunday ekan butun Ukraina bizniki — Vladimir Putin

Мен Киев режими раҳбари Зеленский билан учрашиб, бу масалага нуқта қўйишга тайёр эдим, лекин, Борис Жонсон келди ва уларни бу фикрдан қайтарди.

Manba: Eldor Shomurodov Turkiyaga ko‘chib o‘tishga rozi bo‘ldi, ammo Fransiya klubi ham Shomurodovga qiziqish bildirmoqda

Италиялик машҳур инсайдер Жанлуки Ди Марцио малум қилишича, Ўзбекистон миллий жамоаси сардори “Истанбул Башакшеҳир“нинг таклифини қабул қилди.

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining besh nafar yuqori martabali a’zosi Isroilning hujumlari oqibatida halok bo‘ldi

Шунингдек, эрталаб Исроил мудофаа вазири Исраэл Кац Эроннинг Қум шаҳрида жойлашган уйга берилган зарба натижасида ИИҚКнинг Фаластин бўлими раҳбари Саид Изaдий ўлдирилганини эълон қилди.

Isroil Isfahondagi yadroviy ob’ektga zarba berdi

ЦАХАЛ баёнотига кўра, Исроил ҳарбий-ҳаво кучлари бугун Исфаҳондаги ядровий объектга ҳужум қилган.

Eron AQShga tahdid qildi

Эрон ташқи ишлар вазири Аббос Ароқчининг NBC News телеканалига берган интервьюсида айтишича, агар АҚШ Исроилнинг ҳарбий операциясида иштирок этса, Эрон Яқин Шарқдаги америкалик ҳарбийларга зарба беради.

“Erik” to‘foni Meksikaga yetib keldi

Мексика президенти Клаудия Шейнбаум видеомурожаатида минтақадаги барча тадбирлар тўхтатилганини таъкидлади ва аҳолини уйда ёки бошпаналарда қолишга чақирди.

Buyuk Britaniya va Vengriya Erondagi diplomatlari mamlakatdan olib chiqilganini e’lon qildi

Венгрия эса Эрондаги ўз элчихонасини Озарбойжонга кўчирганини эълон қилди.

BMT Isroilni bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun yana «qora ro‘yxat»ga kiritdi

БМТ 2024 йилда болаларга қарши ҳарбий низолардаги зўравонликлар «мисли кўрилмаган даража»га етганини маълум қилди. Энг кўп ҳуқуқбузарликлар Ғазо ва ишғол этилган Ғарбий соҳилда Исроил армияси томонидан содир этилган.

Isroil Tebriz aeroporti atrofiga havo hujumi uyushtirdi

Исроил Эрон ҳудудида жойлашган стратегик нуқталарга навбатдаги ҳаво ҳужумларини амалга оширди. Эроннинг ISNA агентлиги хабарига кўра, зарбалар Шарқий Озарбайжон вилоятидаги Илхчи ҳудуди ва Тебриздаги Шаҳид Медени халқаро аэропорти атрофида амалга оширилган.

Qozog‘iston Ekologiya vaziri: "O‘zbekistonning ekologik vaziyatni yaxshilashga intilishi juda yuqori darajada"

20 июнь куни “Eco Expo Central Asia 2025” халқаро экологик технологиялар кўргазмаси доирасида Қозоғистон Республикаси Экология ва табиий ресурслар вазири Ерлан Нйсанбаев иштирокчиларнинг кўргазма стендлари билан танишди. Юқори мартабали меҳмонга Ўзбекистон Республикаси Экология, атроф-муҳитни муҳофаза қилиш ва иқлим ўзгариши вазири Азиз Абдуҳакимов ҳамроҳлик қилди.

Buxorodagi bog‘chada 2 yashar bola tok urishidan vafot etdi

Мазкур ҳолат юзасидан туман прокуратураси томонидан Ўзбекистон Республикаси ЖКнинг 116-моддаси 3-қисми билан қўзғатилган.

MAGATE Arakdagi yadroviy majmuaga yetkazilganini tasdiqladi

Эроннинг Арак шаҳридаги ядровий мажмуага берилган зарба акс этган тасвирлар эълон қилинди.

Konor Makgregor tungi klubda to‘polon chiqardi

Жабрланувчи клубдан чиқарилган, Макгрегор эса кечани давом эттирган.

Turkiya qamoqxonalarida mahkumlar soni me’yordan oshib ketdi

Сўнгги икки ойда қамоққа олинганлар сони 13 867 нафарга кўпайган. Бу эса Туркия қамоқхоналари тизимига бўлган юклама кескин ортганини кўрсатади.

Evropa 2028 yildan Rossiya gazini to‘liq taqiqlamoqchi

Европа Иттифоқи Россия билан кўп йиллик энергетик алоқаларга чек қўйишни режалаштирмоқда. Яқинда қабул қилинган таклифга кўра, ЕИ 2027 йил охиригача Россиядан табиий ва суюлтирилган газ импорт қилишни тўхтатиш учун юридик мажбурий механизмлар жорий этмоқчи.

G‘azodagi Isroil hujumlari: 69 kishi halok bo‘ldi, yuzlab yaralangan

Ҳужумлар 19 июн куни эрталабдан бошланган бўлиб, асосан аҳоли зич жойлашган туманларни ва инфратузилмани нишонга олган.

Xorazmda 18 yoshli o‘smir Tico’da YTHga uchrab, vafot etdi

Н.Ш. ўз бошқарувидаги Tico автомашинасида тезликни ошириб, бошқарувни йўқотган

Eron Hormuz bo‘g‘ozini minalashi mumkin - The New York Times

АҚШ Эронга қарши ҳарбий ҳаракатларда иштирок этиш борасида 24-48 соат ичида қарор қабул қилиши кутилмоқда

Tramp Eronga yakuniy ultimatum qo‘ydi

“Сўзсиз капитуляция” талабининг моҳияти оддий — Теҳрон таслим бўлиши керак

Isroil-Eron mojorasi Pokiston xavfsizligi uchun tahdid sifatida baholanmoqda

Исроил ва Эрон ўртасидаги ҳарбий зиддият кучайиши Покистонда хавфсизликка оид жиддий ташвишларни келтириб чиқармоқда. Исломобод Исроилнинг ҳужумларини кескин қоралаб, можора чегараларидаги беқарорлик ва ажралувчи гуруҳлар фаоллашувидан хавотирланмоқда.

Xitoydan Eronga uchirilgan «sirli» samolyotlar radardan g‘oyib bo‘lgan

The Telegraph нашрига кўра, Хитой Эронга камида учта юк самолёти жўнатган. Улар мамлакат ҳаво ҳудудига яқинлашганда радарлардан йўқолган. Бундай ҳаракат Исроилнинг ҳужумлари фонида жиддий шубҳалар уйғотмоқда.

Turk samolyotlari Isroilni himoya qilayotgani rad etildi

Ижтимоий тармоқларда турк самолётлари Исроилни ҳимоя қилиш масъулиятини ўз зиммасига олгани ҳақида маълумотлар пайдо бўлди.