OPEK+ davlatlari kelishuvni 2024 yil oxirigacha uzaytiradi

OPEK+ davlatlari kelishuvni 2024 yil oxirigacha uzaytiradi

OPEK+ kelishuvida ishtirok etuvchi davlatlar neft qazib olish limitini 2024 yil oxirigacha uzaytirishga kelishib oldi. Ishlab chiqarishning umumiy hajmi sutkasiga 40 million barreldan bir oz ko‘proqni tashkil etadi, bu hozirgidan 1,4 million barrelga kam, deya xabar beradi Euronews.

OPEK+ davlatlari Venada bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda energiya narxining tushib ketishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida neft qazib olishni qisqartirishni kelasi yil oxirigacha uzaytirishga kelishib oldi.

2024 yilning 1 yanvardan 31 dekabrga qadar kelishuv mamlakatlarida neft qazib olishning umumiy hajmi kuniga 40,46 million barrelni tashkil etadi. Bu hozirgidan 1,4 millionga kam.

Har bir mamlakat o‘z kvotasiga ega. Rossiya uchun bu kuniga 9,828 million barrel, Saudiya Arabistoni uchun - 10,478 million barrel.

Moskva va Ar-Riyod OPEK+ a’zolari orasida eng yirik neft eksportchilari hisoblanadi.

Angola va Gabon delegatlari uchrashuv davomida tashkilot qarorgohini tark etishdi.

The Wall Street Journal nashrining yozishicha, ittifoqning amaldagi rahbari Saudiya Arabistoni kichik Afrika mamlakatlari uchun neft qazib olish kvotalari qisqartirilishini talab qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!