OPEK Bosh kotibi Bag‘dodga tashrif buyurdi

OPEK Bosh kotibi Haysam al-G‘ays ikki kunlik tashrif bilan Bag‘dodga keldi.
Bu haqda Iroq neft vazirligi rasmiy vakili Asem Jihod ma’lum qildi.
“Al-G‘ays bugun Bosh vazirning energetika bo‘yicha o‘rinbosari, neft vaziri Xayan Abdel G‘anining taklifiga binoan ikki kunlik tashrif bilan Bag‘dodga keldi”, — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi TASS.
Uning Bag‘dodda bir qator rasmiy uchrashuvlar o‘tkazishi kutilmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)