Onani almashtirib bo‘ladimi?..

A A A
Onani almashtirib bo‘ladimi?..

Dunyoda biz bilgan va bilmagan sir-sinoatlar juda ko‘p. Shulardan biri til masalasidir. Til haqida gap ketganda, uni Onaga mengzash odat tusiga kirib qolgan. Bunday yondashuv jahon tillarining hammasida deyarli bir xil: ONA TILI.

Tilimiz xuddi onamiz kabi bizni oq yuvib, oq taragan, bizga ulkan imkoniyatlar eshigini ochib bergan, ammo evaziga hech narsa talab qilmaydigan noyob hodisa sanaladi. Yashash tarzimiz, kiyinishimiz, ovqatlanishimiz, yurish-turishimiz negizida ona tilimizning beminnat xizmatlari yotadi.

Hammaning yodida bo‘lsa kerak, 80-yillarning oxirida ozodlik, mustaqillik uchun bo‘lgan sa’y-harakatlarning jon tomirini til masalasi tashkil etgan va millat dardi, millat kelajagi uchun qayg‘urgan hamyurtlarimizning aksariyati o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi masalasini dadil ko‘tarib chiqishgan edi. O‘shanda ham yuragida hadik, qo‘rquv bo‘lgan bir guruh millatdoshlarimiz o‘zbek tiliga davlat tili maqomi bermaslik yoki ikki tillilik masalasiga mahkam yopishib olishgandi. Yurtimiz boshida turgan buyuk insonlarning teran tafakkuri, uzoqni ko‘zlab yurgizgan siyosati va ulkan jasorati tufayligina tilimizga davlat tili maqomi berilgandi. Respublikamizning chekka-chekkalaridan kelgan xalqimiz vakillari ham markaz ko‘chalarida, davlat idoralari va tashkilotlarida o‘z ona tilisida gapirish imkoniyatlariga ega bo‘lgandi. Hammamiz guvoh: bu siyosatni davlatimiz rahbarlari to hanuz og‘ishmay yurgizib kelmoqda.

Shu kunlarda bir guruh ziyolilarimiz tomonidan rus tiliga rasmiy til maqomi berilishi to‘g‘risidagi murojaatni o‘qib, shu yurtning oddiy bir farzandi sifatida hayron bo‘lib qoldim. Respublikamizda rus tilini o‘rganishga hech qanday monelik qilinmayotgan, til siyosatida dunyo davlatlariga o‘rnak bo‘ladigan siyosat olib borilayotgan, xalqimiz tomonidan boshqa millat vakillarining barchasiga o‘ziga yarasha sharqona izzat-ikrom ko‘rsatilib, hamma xalqlar bir-biri bilan do‘st, inoq bo‘lib, bitta yagona O‘zbekiston xalqi bo‘lib yashayotgan paytda kimga kerak bo‘lib qoldi bunday Murojaat . Oshkoralik, demokratiya niqobi ostida xalq qalbidagi eng teran rishtani chertish , u bilan hazillashish emasmi bu?!

Murojaatnoma bitgan insonlarning boshqa ishi yo‘qmi?! Axir ular shu xalq bergan ne’mat tufayli yaltir-yultur kiyimlarni kiyib, qimmatbaho mashinalarni minib, o‘zbek tilida yozilgan mukofotlarni olib yurishibdi-ku!? O‘zlarining sohalarida siyqasi chiqqan qo‘shiqlar, bir pulga qimmat kinofilmlar taqdirini o‘ylashsa yaxshi bo‘lardi. Madaniyatimiz, san’atimiz sohasida Prezidentimiz tomonidan ko‘tarib chiqilayotgan masalalarni hal etishda ularning yordamlari juda-juda zarur. Buning o‘rniga ular kimlarningdir topshirig‘i ni bajarayotgan bo‘lsalar ajab emas.

7 ta tilda ta’lim-tarbiya ishlarining olib borilishi dunyoning bironta davlatida yo‘q. Ko‘chalariga ingliz, nemis, arab, rus tillarida reklamalar to‘lib-toshib yotgan, lavhalar, ko‘rsatkichlarning ko‘rinarli qismi rus yoki ingliz tillarida bitilgan yurt dunyoda bormi o‘zi?! Aslo yo‘q! Ularga nisbatan indamayotganimiz ostida xalqimizning bag‘rikengligi, tinchlik-osoyishtalikni hamma narsadan ustun qo‘yishi, har qanday millat vakillariga nisbatan xayrixohlik nigohi bilan boqishi sababchi bo‘lmoqda, desam yanglishmagan bo‘lamiz.

Shundoq ham rus tili va uning rivojlanishiga hech kim to‘sqinlik qilayotgani yo‘q. Davlat tili haqidagi Qonunning tegishli joylarida rus tilining ijtimoiy hayotimizdagi o‘rni ko‘rsatib qo‘yilgan. L.N.Tolstoy, A.S.Pushkin, M.YU.Lermontov asarlarini hamma joyda targ‘ib qilib yuribmiz. Shu kungacha rus millatiga mansub bironta shaxs o‘z ona tiliga nisbatan o‘zbeklarning mensimay murojaatda bo‘layotgani haqida shikoyat qilgani ham yo‘q. Yana o‘zimiz... Bu qora ko‘zoynak taqadigan janoblar bitta haqiqatni bilib olishsa yaxshi bo‘lardi. Bugun bizga bitta rus tili emas, ulug‘ ma’rifatparvar adib Mahmudxo‘ja Behbudiy aytganidek to‘rtta tilni o‘rganish ham kamlik qilib qoldi... O‘zbekiston dunyo mamlakatlari bilan bo‘ylashayotgan, jahonda o‘z o‘rnini topishga astoydil urinayotgan bir paytda bunda sub’ektiv yondashish foyda keltirish o‘rniga zararga ishlaydi. Rus xalqi bilan o‘rtadagi munosabatlarimizni loyqalatishga olib keladi. Nahotki, katta-katta filmlarni olishga aqli yetgan, ancha-muncha xalq artistlari ham chiqa olmaydigan sahnalarda turib qo‘shiq aytgan madaniyatimiz va san’atimiz darg‘alari shu oddiy haqiqatni bilishmasa. Ularni alqab yurgan xalq bu haqda nima deydi?!

O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi bu Yaratganning irodasi. Unga qarshi borish xalqparvarlikdan, fidoyilikdan emas. Qonun bandlariga o‘zgartirishlar kiritish uchun hissiyotlarga berilmaslik, 4000 yillik tarixchilik an’analarimizdan kelib chiqqan holda o‘ta bosiqlik bilan uzoqni ko‘zlab ish ko‘rmoqligimiz zarur. 18 ta darg‘aning gapi bilan o‘n sakkiz ming olam ichida yagona bo‘lgan o‘zbek millati va o‘zbek xalqining irodasi bukilib, ular aytgan havoyi so‘zlarga uchib qolmaydi.

Lutfiy, Atoyi, Navoiy, Yassaviy, Boburlar alqagan, Nodira, Uvaysiy, Zulfiyalar baralla kuylagan, Fitrat, Cho‘lpon, Abdulla Qodiriylar qalam tebratgan tabarruk til bu. Bu tilning ildizlari tarixning olis qa’riga yetib boradi. Ne-ne bosqinlardan, zulmlar o‘tib kelgan bunday ulkan chinorni o‘rnidan qo‘zg‘atib bo‘ladimi? U bir guruh insonlarning istaklariga qarama-qarshi ravishda dunyoning eng boy va qadimiy tillaridan biri sifatida minglab, millionlab insonlarni ulg‘aytirishda, tarbiyalashda davom etaveradi. Axir, u bizning onamiz-ku! Onani ham almashtirib bo‘ladimi?..

Abdulhay Sobirov, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Leksikologiya va dialektologiya kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor

Manba: xs.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Himolayda 2021 yilda yo‘qolgan rossiyalik talaba yildan keyin Nepaldagi baland tog‘li buddaviy monastirda topildi

Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.

Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.

O‘zbekistonliklar may oyida 14 kun dam oladi

Меҳнат кодексининг 208-моддасига асосан дам олиш куни ишланмайдиган байрам кунига тўғри келган тақдирда, дам олиш куни байрамдан кейинги иш кунига кўчирилади.

Serxio Aguero: «Abduqodir Husanov shu darajani 3-4 yil saqlab qolsa, dunyoning eng yaxshi himoyachilaridan biriga aylanishi mumkin»

"Манчестер Сити" афсонаси ҳисобланган Серхио Агуэро «шаҳарликлар» ёш юлдузлари — Нико O’Райли ва Абдуқодир Ҳусановнинг ўйинларига юқори баҳо берди.

Zelenskiy Putinning G‘alaba bayrami munosabati bilan sulh e’lon qilish g‘oyasiga munosabat bildirdi

Украина лрезиденти Зеленский Владимир Путиннинг Ғалаба байрами муносабати билан сулҳ эълон қилиш ғоясига муносабат билдирди.

Mbappe jarohatini davolash o‘rniga aktrisa bilan hordiq chiqarmoqda. Klub fanatlari jiddiy norozilik bildirmoqda

«Реал Мадрид» мухлислари ҳужумчи Килиан Мбаппени мавсумнинг ҳал қилувчи палласида Италияда севгилиси билан ҳордиқ чиқараётгани учун кескин танқид қилишди.

Moskvadagi barcha aeroportlar faoliyatini to‘xtatdi

Шереметево рейсларга ўзгартиришлар киритилиши мумкинлигини эълон қилди. Аввалроқ, "гилам"0 сигнали туфайли Внуково, Домодедово ва Жуковскийда чекловлар жорий этилган эди.

Abduqodir Husanov "Olimpiya shaharchasi"dagi infratuzilma bilan tanishdi

Спорт вазирлиги, Миллий Олимпия ва Паралимпия қўмиталари раҳбарияти футбол бўйича Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва Англиянинг “Манчестер Сити” клуби ўйинчиси Абдуқодир Ҳусанов ҳамда отаси билан учрашиб, унинг яқин даврдаги режалари хусусида суҳбатлашди.

«Urushmoqchimisan?» Zelenskiyning Belarusga yo‘llagan tahdidi G‘arbni hayratda qoldirdi

X ижтимоий тармоғи фойдаланувчилари Владимир Зеленскийнинг чегаранинг Беларусь томонидаги гўёки «ғалати фаоллик» учун Минскка жавоб қайтариш билан таҳдид қилган баёнотини фаол муҳокама қилмоқдалар.

«Manchester Siti» markaziy himoyachisini arzon garovga sotib yuborishi mumkin

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Натан Аке фаолиятини Италияда давом эттириши мумкин.

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

Uganda prezidentining o‘g‘li Turkiyadan 1 mlrd dollar va eng go‘zal qizni talab qilmoqda

Уганда президентини ўғли, армия қўмондони Муҳузи Кайнеругаба Туркияга нисбатан баҳсли баёнот билан чиқди.

Javohir Sindarov va ijtimoiy tarmoqlarni portlatgan surat

Бу лавҳа ҳар икки давлат фойдаланувчилари ўртасида қизғин муҳокамаларга сабаб бўлди.

Tehronda Oliy rahbar vafoti munosabati bilan katta motam marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Мотам санаси Эрон ва АҚШ ўртасида икки ҳафталик сулҳ бошланиши билан бир вақтга тўғри келди.

Gvardiola golda Husanovni aybladi

«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиола «Арсенал»га қарши кечган баҳсдаги (2:1) Жанлуижи Доннарумманинг хатоси ҳақида гапирди.

Xoland «Siti» muxlislariga murojaat qildi

«Манчестер Сити» ҳужумчиси Эрлинг Холанд Англия чемпионати 35-тур доирасида «Эвертон»га қарши учрашув (3:3)дан кейин X ижтимоий тармоғида пост қолдирди.

Suriya kuchlari xavfsizlik operasiyasi davomida o‘zbekistonlik jangarilarni qo‘lga oldi

Маҳаллий аҳоли ва расмийларнинг сўзларига кўра, қуролланган ўзбекистонлик жангарилар ўз сафдошларининг озод этилишини талаб қилиб, ҳукумат хавфсизлик объекти олдида намойиш ўтказган.

Ukraina osmonida «aqlli» bombalar: Vashington yangi qurol paketini tasdiqladi

АҚШ Давлат департаменти Украинага узоқ масофага учувчи JDAM авиабомбалари ва уларга тегишли ускуналарни сотиш бўйича эҳтимолий келишувни маъқуллади.

Kreml ichida qo‘rquv rejimi: Putinga suiqasd va davlat to‘ntarishi xavfi kuchaydi

Бу ҳақда Европадаги разведка тузилмаларидан бирига тегишли ҳисоботга таяниб, Important Stories нашри хабар берди.

Eron harbiy qo‘mondonligi BAAga javob qaytardi

Эрон Қуролли кучлари сўнгги кунларда Бирлашган Араб Амирликларига (БАА) қарши ракета ёки дронлардан фойдаланган ҳолда ҳеч қандай операция ўтказмаганини маълум қилди.

Tramp Eron bilan muzokaralarni AQShda o‘tkazishni taklif qildi

Дональд Трамп Эрон билан музокараларни АҚШ ҳудудида ўтказишни таклиф қилди.

Chekka hududda yarim asr 16 ta qishloq suyanib kelgan tibbiyot maskani butkul yangilandi

1972 йилда қурилган Ургут туманининг “Баҳрин” маҳалласидаги 21-сонли оилавий поликлиника 16 та қишлоқ аҳолиси — 13 мингдан ортиқ инсон учун ягона тиббиёт маскани ҳисобланади. Бу бино қурилганидан бери, яъни ярим асрдан ошиқ вақт давомида капитал таъмир кўрмаган.

Jizzaxda vagonda selfiga tushmoqchi bo‘lgan o‘smirni tok urdi

Жабрланувчи шифохонага етказилиб, жонлантириш бўлимига ётқизилган.

O‘zbekistonda yirik firibgarlikda ayblangan Turkiya fuqarosi Perudan Toshkentga ekstradisiya qilindi

Маълум қилинишича, Интерпол каналлари орқали қидирувга берилган шахс Перудан Ўзбекистонга олиб келинган.

Ishga kiritish, ruxsatnoma olish va nafaqa tayinlash bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi

Коррупцияга қарши курашиш йўналишида Давлат хавфсизлик хизмати ходимлари томонидан Бош прокуратура ҳузуридаги Департамент ва Ички ишлар органлари билан ҳамкорликда ҳудудларда бир нечта тезкор тадбирлар ўтказилди.

Isroil Livan janubidagi hujumlarni davom ettirmoqda

NNA маълумотига кўра, Исроил ҳарбий самолётлари эрталабдан Кефре ва Жебшитга зарбалар берган.

BMT Xavfsizlik Kengashi BAAga hujumlar bo‘yicha yopiq majlis o‘tkazadi

Бу ҳақда Al Jazeera дипломатик манбага таяниб хабар берди.

Chegarada tunnellar orqali qonunbuzarlikka qarshi javobgarlik kuchaytiriladi

Айниқса, ер остида ноқонуний қурилган туннеллар ёки бошқа инфратузилмалардан фойдаланиб чегарани кесиб ўтиш оғирлаштирувчи ҳолат сифатида белгиланмоқда.

Samarqanddagi «zapravka»da yong‘in chiqdi

Ҳозирда ёнғиннинг келиб чиқиш сабаби ва етказилган моддий зарар миқдори аниқланмоқда.

Leningrad viloyatining Kirishi shahridagi neftni qayta ishlash zavodiga hujum qilindi

Ҳужум фонида Пулково аэропорти ишини чеклади, камида 17 та авиарейс кечиктирилди.

Xitoyning Xunan provinsiyasidagi pirotexnika zavodida portlash yuz berdi

​Хитой раиси Си Жинпин ҳодиса юзасидан зудлик билан текширув ўтказиш ва айбдорларни қаттиқ жавобгарликка тортиш бўйича кўрсатма берди.

Oq uy yaqinida yana bir otishma sodir bo‘ldi

Associated Press агентлигининг хабар беришича, Оқ уй вақтинча ёпиб қўйилган.

Qozog‘istondagi metallurgiya zavodida kuchli portlash yuz berdi

Дастлабки маълумотларга кўра, фавқулодда ҳолат оқибатида 2 киши ҳалок бўлган, 5 киши жароҳатланган.

Izmirda nimalarni tatib ko‘rish mumkin?

Бугунги кунда саёҳатда фақат манзил эмас, балки сафар давомида татиб кўриладиган таъмлар ҳам алоҳида аҳамият касб этмоқда. Сўнгги йилларда гастрономик саёҳат, яъни “foodie exploration” — глобал туризмга сезиларли таъсир кўрсатаётган муҳим йўналишга айланди. Замонавий сайёҳлар кўпинча саёҳатларини машҳур диққатга сазовор жойларни зиёрат қилиш билан бир қаторда, унутилмас гастрономик тажрибалар асосида режалаштирмоқда.

Ispaniyada 40 tonnagacha kokain musodara qilindi

Испания полицияси Атлантика океанида рекорд даражадаги — тахминан 40 тонна кокаинни мусодара қилди.

AQShda United Airlines samolyoti qo‘nish vaqtida yuk mashinasiga urilib ketdi

FAA ва NTSB маълумотларига кўра, Boeing 767-400 самолёти Венециядан 200 дан ортиқ йўловчи билан парвоз қилган.

Qoraqalpog‘istonda kadastr bo‘limi rahbari pora bilan ushlandi

Ҳозирда кадастр раҳбарига нисбатан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

Beshariqda 90 dan ortiq xonadonni suv bosdi

Бартараф этиш ишларига барча зарур куч ва воситалар жалб қилинган. Вазият тўлиқ назоратга олинган.

Navoiyda oltin va ma’danli toshlarni noqonuniy qazib olganlar ushlandi

Шу каби, фуқаро С.Х. ҳам “Зарафшон” МФЙ ҳудудидаги хонадонида қум ва тошдан олтин ажратиб олиш билан шуғулланиб келганлиги аниқланди

Avstriyada bolalar ozuqasiga kalamush zahrini qo‘shib qo‘ygan shaxs qo‘lga olindi

Тергов ҳаракатлари 38 кун давом этди ва унда Австрия, Чехия ҳамда Словакия ҳуқуқ-тартибот идоралари иштирок этди.