«Ona tabiat madhi» ijodiy ishlar tanlovi e’lon qilindi!
O‘zbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi «Ona tabiat madhi» ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi.
Tanlov Vatanimiz mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlanadi. Unga Vatanimizning betakror tabiati, purviqor tog‘lari, o‘rmonlari, daryolari, noyob tabiat bog‘lari, o‘simlik va hayvonot dunyosi, yer va yer osti boyliklari yuksak darajada tarannum etilgan she’rlar qabul qilinadi.
Mualliflar ijodiy ishlarni 2023 yilning 20 apreligacha O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining badiiy_adabiyot@mail.ru elektron pochtasiga yuborishlari mumkin.
Tanlovda saralab olingan eng yaxshi she’rga musiqa bastalanib, Tabiat madhiyasi yaratiladi. Madhiya atrof-muhit muhofazasiga bag‘ishlangan barcha tadbirlarda ijro etiladi.
G‘olib va sovrindorlar quyidagi miqdorda pul mukofotlari, diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi:
— 1-o‘rin (1 ta) – 15 million so‘m;
— rag‘batlantiruvchi mukofotlar (5 ta) – 5 million so‘mdan.
Tanlov g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi 5 iyun – Butunjahon atrof-muhit kuni arafasida o‘tkaziladi.
Tanlovga taqdim etilgan she’rlar saralanib, Vatanimiz mustaqilligining 32 yilligi bayrami arafasida kitob holida nashr etiladi.
Tanlov shartlari haqida batafsil quyidagi havola orqali bilib olishingiz mumkin:
https://telegra.ph/Ona-tabiat-mad%D2%B3i-izhodij-ishlar-tanlovi-04-04
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
Tabiat resurslari vazirligi: (71) 207 07 70 (1055)
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi: (71) 231 83 67