«Oltin to‘p» da’vogarlar nomi 6 sentyabrda e’lon qilinadi

«Oltin to‘p» da’vogarlar nomi 6 sentyabrda e’lon qilinadi

«Oltin to‘p»ning yangi sohibi 30 oktyabr kuni e’lon qilinishi ma’lum qilindi.

Fransiyaning «France Football» jurnali 2022/23 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra eng yaxshi futbolchi nomiga da’vogarlarni 6 sentyabr kuni e’lon qiladi. G‘olib nomi esa 30 oktyabr kuni Parijdagi Shatl teatrida o‘tkaziladigan marosimda ma’lum qilinadi.

Ma’lumot uchun, 2022 yil ushbu sovrin Karim Benzemaga nasib qilgandi.

Goal talqiniga ko‘ra, sovrin uchun nomzodlar orasida hozircha Lionel Messi yetakchilik qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!