2023 yil yanvar—fevral oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 8,9 mlrd dollarga etdi. Bu ko‘rsatkich 2022 yil mos davri bilan solishtirilganda 176 mln dollarga yoki 2 foizga ko‘paydi.
Biroq, o‘tgan oyning o‘zida tashqi savdo 3,9 mlrd dollarni tashkil qildi. Bu joriy yil yanvariga nisbatan 1,1 mlrd dollarga, 2022 yil fevraliga nisbatan esa 0,9 mlrd dollarga kamroq.
O‘zbekiston fevral oyida past narxlar sabab oltin sotmadi.
Fevral oyida tashqi savdoning qisqarishi ushbu oyda kamroq kunlar borligi bilan bog‘liq emas. Yanvarda O‘zbekiston 1,2 mlrd dollarlik oltin sotgani inobatga olinsa, fevraldagi oltin eksporti hisobga olinmagan tashqi savdoda o‘sish kuzatilgan.
2023 yilda O‘zbekiston importining uchdan bir qismi Rossiya va Xitoy hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Tashqi savdoda asosiy hamkor davlatlar orasida yanvar oyida Germaniya paydo bo‘lgan edi (uchinchi o‘rinda, 497 mln dollar). Fevral oyidagi ma’lumotlarga ko‘ra, bu holat vaqtincha bo‘lib chiqdi va Germaniya bilan tashqi savdo atigi 76 mln dollarni tashkil qildi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
"Агар бугун сионистик режим ўз адашуви туфайли аҳмоқлик қилиб тажовуз қилишга журъат этса, шубҳасиз, ўзининг заиф ва кичик ҳудудига қақшатқич ва қатъий жавоб олади".
Истанбулда Украина билан ўтказилган музокарада Россия ўзининг асосий талабларини маълум қилди. Бу ҳақда Россия делегацияси вакили Владимир Мединский маълум қилди, деб хабар беради Clash Report.
Украина Қуролли кучлари маълумотига кўра, 24 майга ўтар кечаси Россия Украинага 250 та дрон ва 14 та “Искандер-М” баллистик ракетаси билан ҳужум қилган.
Унга биринчи ёрдам кўрсатилиб, вақтинча сақлаш учун вилоят кинология марказига олиб келинган ҳамда алоҳида парваришга олиниб, тиббий кўрикдан ўтказилган.
Таъкидлаш лозимки, гуруҳ етакчиси ва аъзоларининг 4 нафари муқаддам содир этган жиноятлари учун умрининг маълум бир қисмини панжара ортида ўтказган бўлсаларда, ўз хатоларидан тўғри хулоса чиқаришмаган.