Olmaliqda qalbaki valyuta tayyorlovchi guruh faoliyatiga chek qo‘yildi

Olmaliqda qalbaki valyuta tayyorlovchi guruh faoliyatiga chek qo‘yildi

DXXning Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Olmaliq shahrida yashovchi, 1988 y.t. fuqaro "S.SH.S." qalbaki 100 ming so‘mlik kupyuradan iborat jami 50 mln. so‘mni 5 mln. so‘mga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Shuningdek, uning yashash manzilida 2 mln. 600 ming so‘m miqdoridagi qalbaki 100 ming so‘mlik kupyuralar borligi aniqlanib, prosessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Dastlabki surishtiruv harakatlari davomida ushbu qalbaki pullar Olmaliq shahrida yashovchi, 1999 y.t. "U.M.X." va Piskent tumanida istiqomat qiluvchi, 2001 y.t. "M.S.X."lar tomonidan kompyuter va rangli printer yordamida tayyorlanganligi ma’lum bo‘lib, ular ham hibsga olindi.

Shuningdek, ushlangunga qadar ular tomonidan jami 210 mln. so‘m miqdoridagi qalbaki 100 ming so‘mlik kupyuralar muomalaga chiqarib yuborilganligi aniqlandi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddasiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

DXX matbuot xizmati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!