Oliy ta’lim davlat ravnaqi uchun kishan yoki oliy ta’limda global yangi yo‘nalishlar

A A A
Oliy ta’lim davlat ravnaqi uchun kishan yoki oliy ta’limda global yangi yo‘nalishlar

Bugungi kunda jahonda oliy ta’lim tizimida jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. O‘zbekistonlik yosh olim, professor Azamat Akbarov jahondagi yangi yo‘nalishlar va ularning oliy o‘quv yurtlariga ta’siri haqida so‘zlab berdi.

Ekspert oliy ta’lim tizimida sur’atlari tobora jadallashib borayotgan besh global yo‘nalishni ajratib ko‘rsatdi:

Birinchi yo‘nalish – oliy ta’limning ommaviylashishi va uchlamchi ma’lumot olgan aholi salmog‘ining oshishi. «Dunyoda, xususan rivojlanayotgan mamlakatlarda oliy ta’lim borgan sari ko‘proq aholi qatlamlarini qamrab olmoqda. Masalan, so‘nggi 45 yil ichida dunyoda talabalar soni 15 barobar ortdi va bugungi kunda oliy o‘quv yurtlarida yarim milliarddan ko‘prov yoshlar tahsil olmoqda», ta’kidladi Azamat Akbarov.

Bu tasodifiy holat emas, chunki ishlab chiqarish samaradorligi mamlakatda yashovchi oliy ma’lumotli odamlar soniga to‘g‘ri proporsional darajada bo‘ladi. Masalan, rivojlangan mamlakatlarda ishlab turgan aholining 30-50% oliy ma’lumotli mutaxassislar tashqil etadi va har bir xodim boshiga ishlab chiqarish samaradorligi esa 40-60 ming dollarni tashkil etsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda oliy ma’lumotli shaxslar ishlayotgan aholining 20-30% tashkil qilib, mehnat mahsuldorligi tegishli tarzda 20-30 ming dollarga teng.

«So‘nggi yillarda qo‘shnimiz Qozog‘istonda ishlab turgan oliy ma’lumotli aholining ulushi sezilarli darajada oshdi va aholi soni 18 millionli mamlakatda 30% ni tashkil qildi. Masalan, Singapurda ishlaydigan xodimlarning 50%i oliy ma’lumotli va bu mamlakatda 6 million atrofida aholi istiqomat qiladi», dedi Akbarov.

32 million aholisi bo‘lgan O‘zbekistonda davlat universitetlariga kira olmaganlar soni keskin ortib borishi ko‘zga tashlanmoqda. Oradagi farq yildan yilga ortib bormoqda. Eng ko‘p tashvishlanadigan narsa shundaki, har yili 18-24 yoshdagi oliy o‘quv yurtlariga qabul qilinmaganlarning ko‘pchiligi aholining jadal o‘sib borayotgan bu qatlamiga qo‘shilib bormoqda. Garvard Tijorat Maktabi ilmiy xodimi Botir Qobilov quyidagi raqamlarni keltirdi. 2015 yilda oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun potensial abituriyentlarning yoshiga mansub aholining faqat 9,6% i oliy o‘quv yurtlariga qabul qilindi. 2015 yilda O‘zbekistonda 19-23 yoshdagi aholining qariyb 8,2%i universitetlarga tahsil olayotgan edi. Bu tashqi qarz ko‘lami ko‘p bo‘lgan qashshoq mamlakatlar toifasi darajasiga teng demakdir yoki jahondagi o‘rtacha darajadan 4, Qozog‘istondan 5, Mo‘g‘ulistondan 8 marotaba past. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha biz jahonning 144 mamlakati orasida 134-pog‘onada turibmiz.  2017 yilga kelib bu ko‘rsatkich atigi 9,1 foizga yetdi. Oliy o‘quv yurtlari qabul etilmaganlar soni yildan yilga ortib borayotgani sababli, yanada keng ko‘lamli choralar ko‘rish zarur. Ta’lim olish imkoniyati darajasining juda past bo‘lgani sababli, potensial abituriyentning xayoliga keladigan birinchi narsa chet elda o‘qishdir va ularning ko‘plari o‘sha mamlakatlarda qolishadi.

Ikkinchi yo‘nalish - oliy ta’limda xalqarolashuv. “Oliy ta’lim tizimining jozibadorligi xalqarolashuv darajasi bilan isbot qilinadi. So‘nggi 41 yil ichida dunyoda xalqaro talabalar soni 8,3 barobar oshdi va ular soni qariyb 5 million kishiga yetdi.  YUNESKOning bashoratlariga ko‘ra, 2025 yilga borib, xorijiy talabalar 7 millionga yetadi”, - deydi Azamat Akbarov.

Shunday qilib, 2017 yilda eng ko‘p xorijiy talabalar soni AQShda qayd etildi, ya’ni AQSh universitetlarida bir milliondan ortiq chet ellik talabalar tahsil oladilar va bu ko‘rsatkich jahon bo‘yicha xorijiy talabalar umumiy sonining 24%idir. Bu ko‘rsatkich Buyuk Britaniyada - 11% va Xitoyda esa – 10%ni tashkil etadi.

Men O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi veb-saytining tahlil va statistik bo‘limini o‘rganib chiqdim va O‘zbekistonda xorijlik talabalar sonining ko‘lami haqida ma’lumot topa olmadim. Qizig‘i shundaki, ingliz tilidagi veb-sahifada ma’lumot o‘zbek tilida taqdim qilingan. Agar vazirlikning veb-saytida ingliz tilida kerakli axborot bo‘lmasa, qanday qilib ular xalqaro jarayonni kuchaytira oladilar? Ajablanarlisi, ular hali ham O‘zbekistonda mavjud bo‘lmagan «Kamolot» kabi eskirgan tashkilot nomini ishlatishmoqda!

Qo‘shni mamlakatlardan ayrim misollarni keltirib beraman. Qozog‘istonda 15 yil davomida chet ellik talabalar soni 1,7 marta ko‘paydi. Chet ellik talabalarning ko‘pchiligi tibbiyot ixtisoslari bo‘yicha, shuningdek, hukumatlararo bitimlar asosida o‘qitiladi”, ta’kidlab o‘tdi ekspert.

Azamat Akbarovning so‘zlariga ko‘ra, oliy ta’limni xalqarolashtirish qisqa vaqt ichida maksimal iqtisodiy foyda keltirib, mamlakatning geosiyosiy mavqeini mustahkamlaydi. Masalan, 2013-2014 o‘quv yilida Fransiya chet ellik talabalarni jalb qilish uchun ajratilganidan 1,5 barobar ko‘p pul topdi: stipendiya va subsidiyalar uchun 3,5 milliard dollar sarflandi, chet ellik talabalar esa yashashlari, yo‘l xarajatlari va sayohatlari uchun 5,4 milliard dollar sarflashgan. 2014-15 yillar mobaynida chet ellik talabalar Buyuk Britaniya universitetlarida o‘qish uchun 4,8 milliard dollar to‘lashdi, turli xil tovarlar va xizmatlar uchun ular bunga qo‘shimcha yana 5,4 milliard dollar sarflashdi va bu bilan 207 ming ish o‘rniga imkon berishdi.

Bu an’ananing sababi global miqyosda iste’dodlar uchun kurash bilan belgilanadi. Yaqin kelajakda dushman davlatini harbiy va jismoniy jihatdan yo‘q qilish g‘oyasi o‘z ma’nosini yo‘qotishi haqida ekspertlar fikri mavjud. Raqibni mag‘lub qilish uchun uning iqtidorli vakillarini o‘z tomoningizga o‘tkazib olishning o‘zi uni himoyasiz va xavfsiz qiladi. Ehtimol, shuning uchun ham dunyoning rivojlangan mamlakatlarining ko‘pchiligi imkon qadar chet ellik talabalarni jalb qilishni maqsad qilgan. Germaniya uzoq muddatga mo‘ljallangan 2020 yilgacha mamlakatga 350 ming chet ellik talabani jalb qilish rejasini muddatidan uch yil oldin oshirib bajardi (2016 yilda 358 895 nafar xorijiy talaba).

2020 yilga kelib, Xitoy chet ellik talabalar uchun Osiyodagi eng jozibali joy bo‘lishni rejalashtirmoqda – hukumat rejasiga ko‘ra 500 ming chet ellik talabalar Xitoy universitetlarida o‘qishi kerak. Rossiya Federasiyasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish bo‘yicha Kengash 2017 yil may oyida Rossiya oliy o‘quv yurtlarida to‘la muddatli chet ellik talabalar sonini 3 barobar oshirish vazifasini ma’qulladi: 2017 yilda 220 ming talabadan 2025 yilda 710 minggacha.

Turkiyada 115 ming xorijiy talaba bor. Maqsad - talabalar sonini 350 ming nafarga yetkazib, xorijiy talabalar soni bo‘yicha birinchi beshta mamlakat qatoriga kirish.

Chet ellik talabalarni jalb qilish bo‘yicha aniq strategiyamiz bormi? Chet ellik talabalar uchun yangilangan va zamonaviy o‘quv dasturlarini ishlab chiqaryapmizmi? Talab qilinadigan jihozlar, professional o‘qituvchilar va chet ellik professor-o‘qituvchilarimiz bormi? Qozog‘iston Markaziy Osiyodagi ta’lim markaziga aylanish niyatida ambisiyali rejalarga ega mamlakat bo‘lib, ta’lim vazirligi o‘z maqsadlariga erishish uchun ulkan sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda. Biz-chi, chet ellik talabalar uchun yaqin kelajakda mashhur joyga aylana olamizmi?

Uchinchi yo‘nalish – raqamli ta’lim maydoni va yangi texnologiyalar.

Ekspert, raqamli platforma va yangi texnologiyalar ta’lim jarayonini tubdan o‘zgartirib yuborganini ta’kidlab o‘tdi. Hammani bir joyda yig‘ib yoki harbiylashtirilgan, ya’ni sinf xonalarda barcha talabalarga bir vaqtning o‘zida bir xil bilim beradigan uslub qaytarib bo‘lmas darajada eskirib qolganligiga qaramasdan bizda amal qilishda davom etmoqda.

Bugungi kunda har qanday odam har qanday joyda va istalgan vaqtda raqamli dunyo maydonida har qanday ma’lumotni olishi mumkin. Akbarovning so‘zlariga ko‘ra, dunyoda raqamli texnologiyalarning juda kam mablag‘ sarflash evaziga sezilarli darajada arzonroq narxlarga ega bo‘lgan qiymat birligini yaratish jarayonlari hukmron.

Bundan tashqari, Azamat Akbarov oliy ma’lumot olishda raqamli texnologiyalar rivojlanishining ko‘lami va tezligini ta’kidladi: “1998 yildan 2008 yilgacha bo‘lgan muddatda masofadan o‘qiyotgan talabalar soni 1,5 barobar oshdi. Atigi 5 yil ichida Coursera onlayn ta’lim platformasi 25 million talabani, 149 ta eng yaxshi hamkor universitetni, 2 mingdan ortiq o‘quv kurslarini qamrab oldi, Edx tizimida esa 10 milliondan ortiq mijozlar, 109 ta hamkor universitetlar va 1300dan ortiq kurs mavjud. 2015 yilda abituriyentlarning 91%i ijtimoiy tarmoqlarga ishga joylashish orqali oliy o‘quv yurtlariga kirishdi (2014 yil – 59%). Ba’zi ekspertlar yaqin kelajakda qimmatbaho universitet binolari va hatto diplomlar o‘z ahamiyatini yo‘qotishi haqida fikr bildirishmoqda, chunki talaba har qanday joyda va har qanday vaqtda ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ladi degan fikrni bildiradi”.

To‘rtinchi yo‘nalish - ta’lim va akademik madaniyatning sifati. Ta’lim olish huquqi nafaqat ta’lim olish huquqi, balki sifatli ta’lim olish huquqi hamdir. Ta’lim olish imkoniyati mavjud bo‘lishi va undan foydalanishning ham imkoniyati bo‘lishi kerak, ammo maqbul hamda moslashuvchan ham bo‘lishi lozim. Oliy ta’lim muassasalari orasida raqobat yo‘q. O‘zbekistonda abituriyent faqat bitta davlat oliy o‘quv yurtiga hujjat topshirish huquqiga ega va ushbu muassasalarga qabul qilish tanlovi haqida gapirmasak ham bo‘ladi.

Xorijiy talabalarning bir joydan boshqa joyga ko‘chish imkoniyatlari, chegaralararo va millatlararo ta’lim dasturlarining tarqalishi va milliy va mintaqaviy ilmiy tadqiqot faoliyatlari o‘rtasidagi raqobat global oliy ta’lim sohasini kengaytirish va liberallashtirishga olib keldi. Bu global oliy ta’lim sohasi rivojlanayotgan texnologiyalar bilan ham o‘zgarib bormoqda. Xalqaro aloqalar va texnologik o‘zgarishlar ham akademik yaxlitlik amaliyotiga imkon yaratish bilan birga xavf ham tug‘diradi.

Yaxlit madaniyatini yaratish va saqlab qolish samarali ta’lim berish, o‘rganish va tadqiq qilishning ajralmas qismidir. Umuman olganda, “Yaxlitlik” axloqiy yoki badiiy qadriyatlar kodeksiga qat’iy rioya qilish» deb tushuniladi, ammo bizning tadqiqotning maqsadi oliy ta’limda o‘qitishga ko‘rsatma bo‘la oladigan aniqlik kiritishdan iborat. Umuman olganda, o‘quvchilar nohaq yoki noto‘g‘ri amaliyotlarda, masalan, plagiat, baholashda aldash va topshiriqlarni bajarishda ruxsatsiz hamkorlik qilishganda akademik sharoitda yaxlitlik buziladi. Ta’limga zid xatti-harakatlarning bunday holatlari stipendiya va murosasoz o‘qituvchilarning talabalar bilimlarini aniq baholash qobiliyatiga putur etkazadi. Bundan tashqari, akademik yaxlitlikning buzilishi o‘rganuvchi jamoalarning negizi bo‘lgan «haqiqat, akademik erkinlik, jasorat, sifat va erkin intellektual baholash ruhini» yemiradi.

Haqiqatda ham barcha magistrlik va doktorlik dissertasiyalarini plagiat dasturi orqali tekshiramizmi? Barcha nomzodlar dissertasiyalarini himoya qilishdan oldin plagiatga qarshi hisobotini topshirishadimi? Universitetlarning shaffofligini kuchaytirishi mumkin bo‘lgan dissertasiyalarning onlayn nusxalari bormi?

“Fikrimcha, plagiat muammosi bilimlarning yetishmasligi bilan izohlanadi va aksar hollarda buning sababi rag‘bat yo‘qligi masalasi bilan bog‘liq, bu esa o‘z navbatida ma’ruza davomida zerikararli va tushunib bo‘lmaydigan ma’lumotlar berish bilan izohlanishi mumkin. Plagiat tahliliy ko‘nikmalarni, ijodiy fikrlash qobiliyatini, o‘quvchilarimizning akademik potensialini o‘ldiradi. Tasavvur qilib ko‘ringchi, bunday talabalar iqtisodimizni qanday qilib rivojlantirishi yoki yosh avlodni qanday tarbiyalashi mumkin? Biz o‘qitish sifatini oshirishimiz, keraksiz fanlarni olib tashlashimiz hamda IT-texnologiyalarni o‘quv jarayoniga joriy qilishimiz va plagiatdan chetlashishimiz kerak”, - dedi Akbarov.

“Shuningdek, men O‘zbekistondagi barcha talabalarga murojaat qilmoqchiman. Bilim va ilmiy darajalarni olishni xohlaysizmi, universitet tahsilini tamomlab, uzoq vaqt ish qidirib yurishni xohlaysizmi yoki ish beruvchilar tomonidan bitiruv yili davrida jiddiy ish lavozimiga taklif qilinuvchi yaxshi mutaxassis bo‘lishni xohlaysizmi, barchasi o‘zingizga bog‘liq. Buning kafolati ham akademik yaxlitlikdir”, - deydi Akbarov.

Beshinchi yo‘nalish - universitetlarni bilim va ilmiy-tadqiqot markazlari manbalari bo‘lgan innovasiya va texnologik taraqqiyot markazlariga tez aylantirish.

Azamat Akbarov universitetlarning uch avlodini ajratib ko‘rsatadi: o‘rta asrlardagi oliy o‘quv yurtlari; Humboldt modeli – u yerda ta’lim ham berishgan, tadqiqot ham olib borishgan; innovasiyalar va bilimlarni beruvchi, tadqiqotlar olib boruvchi, tijoratlashtirilgan yangi avlod universitetlari.

Mutaxassis uchinchi avlod universitetlarining 7ta asosiy xususiyatlarini eslatib o‘tadi: ularning maqsadi - o‘z nou-xausidan foyda olish; talabalar, professor-o‘qituvchilar, shartnomalar uchun jahon miqyosidagi raqobat; «karusel nou-xau» tarmog‘idagi hamkorlik; sohalararo tadqiqot: «birlashtirish va ijod» tushunchasi; ko‘pmadaniyatlilik, kosmopolitizm va davlat boshqaruvidan mustaqillik.

«O‘zbekistonda, ayniqsa, Toshkentda, yuqori sifatli o‘quv dasturlari, dastavval, magistrlar va doktorantlar dasturlarini yig‘ish, kuchaytirish uchun ob’ektiv ehtiyoj paydo bo‘ldi. Kelajakda poytaxtdagi talabalar orasida magistratura va doktorantlar soni ko‘pchilikni tashkil qilishi kerak. Shu asnoda, yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyevning universitetlarimiz, ilmiy-tadqiqot institutlari va akademiyalarni maorif va intelektual markazga aylantirish haqidagi farmoni katta ahamiyat kasb etmoqda” - dedi Akbarov.

Sof.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

Hududlar “ertami kechmi” baribir Moskvaga tegishli bo‘ladi

Путиннинг ёрдамчиси Донбассдан ҳар икки томоннинг қўшинлари олиб чиқилишини истисно қилмади, бироқ ҳудудлар “эртами кечми” барибир Москвага тегишли бўлишини айтди. Юрий Ушаков

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

"Men bunday Yevropaning bir qismi bo‘lishni istamayman"

Бу ҳақда Роберт Фицо ўзининг Facebookдаги саҳифасида ёзди.

"Real" rahbariyati Vinisiusga shart qo‘ydi: "Xohlasang shu, bo‘lmasa, ket!"

Мадриднинг "Реал" клуби ҳужумчи Винисиус Жуниор талабларини бажармоқчи эмас.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Hasanboy Do‘smatov navbatdagi rejasi haqida gapirdi va pulni nimaga sarflashini aytdi

Кеча Жаҳон чемпионатида ўзининг иккинчи олтин медалини қўлга киритган Ҳасанбой Дўсматов финалдан кейинги таассуротлари билан ўртоқлашди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Germaniya kansleri Putinni Gitlerga qiyosladi

Агар Украина таслим бўлса, уруш шу билан тўхтамайди.

Avstraliyada Xanuka bayramini nishonlayotgan yahudiylarga hujum yuzasidan Isroil bosh vaziri munosabat bildirdi

Сизнинг ҳукуматингиз эса антисемитизмга қарши ҳеч нарса қилмади, деган Нетаняху.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.

Tailand Kambodja bilan chegara hududlarida komendantlik soati joriy qildi

Таиланд ҳукумати Камбоджа билан чегарадаги ҳудудларда комендантлик соатини жорий этди. Бу қарор чегарадаги тўқнашувлар кенгайиб, баҳсли ҳудудларнинг соҳилбўйи районларига ҳам тарқалаётгани билан изоҳланди, деб хабар бермоқда Reuters.

Vengriyada bolalarga nisbatan zo‘ravonlik mojarosi ortidan minglab odamlar norozilik namoyishi o‘tkazdi

Бу ҳақда Reuters агентлиги хабар бермоқда, деб ёзади European Pravda.

Toshkent viloyatida benzin bakida 30 kilodan ko‘proq opiy olib ketayotgan shaxs ushlandi

Натижада ўриндиқ ғилофи чўнтагида дастлабки вазни ўрами билан ҳисоблаганда 2 граммни ташкил қилувчи героин борлиги маълум бўлди.

Ruminiyada 40 yildan ortiq vaqt ichida birinchi marta moxov kasalligi qayd etildi

Бу мамлакатда касалликнинг илк расмий тасдиқланган ҳолати ҳисобланади.

«Eurovision 2024» g‘olibi Isroil sabab sovrinini qaytarib bermoqchi

«Eurovision 2024» ғолиби Исроилнинг 2026 йилги танловда иштирок этиши мумкинлиги ҳақидаги хабарлардан сўнг совринини қайтариб берди.

Boku shahrida 8 nafar o‘quvchi saqichdan zaharlandi

Мактаб маъмурияти тез ёрдам чақирган, ҳозирда ўқувчилар шифокорлар назоратида.

Qo‘shma Shtatlar Avstriya, Vengriya, Italiya va Polshaning Yevropa Ittifoqidan chiqishini istamoqda — Defense One

Defense One нашри АҚШ миллий хавфсизлик стратегиясининг ҳали эълон қилинмаган версиясига таяниб хабар беришича, Вашингтон Австрия, Венгрия, Италия ва Польша каби давлатлар билан “фаолроқ ҳамкорлик қилиш” орқали уларни Европа Иттифоқидан ажратишга интилаётгани қайд этилган.

Turkmaniston dunyoda metan chiqindilarining eng yirik manbasi deb topildi: xalqaro loyihalar uchun xatarlar ortib bormoqda

Американинг Stop Methane лойиҳаси маълумотларига кўра, 2025 йил январь–ноябрь ойларидаги спутник кузатувлари Туркманистонни нефть-газ секторида метан чиқиндилари бўйича дунёда етакчи мамлакат сифатида қайд этди.