Oliy sud raisi o‘rinbosari Buxoroda sayyor qabul o‘tkazdi
Buxoro viloyatida fuqarolarning sud-huquq sohasidagi murojaatlariga samarali yechim topish uchun yanada qulay sharoit yaratish maqsadida tashkil etilgan ommaviy sayyor qabullarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining o‘rinbosari I. Muslimov tomonidan 2021 yil 17 mart kuni Buxoro shahrida o‘tkazilgan sayyor qabulda jami 196 nafar fuqaro qabul qilindi.
Qabul qilingan fuqarolarning 66 tasi jinoyat ishlari bo‘yicha, 103 tasi fuqarolik ishlar bo‘yicha, 19 tasi ma’muriy ishlar buyicha, 8 tasi iqtisodiy ishlar buyicha sudlarga oid murojaatlarni tashkil etadi.
Shundan 137 ta fuqaroning og‘zaki murojaati, 59 ta fuqaroning yozma murojaati qabul qilindi.
Jami 196 ta murojaatlardan 77 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi, 60 ta murojaat joyida ijobiy hal etilib, murojaatlar qanoatlantirildi.
59 ta murojaat bo‘yicha arizalar Oliy sud tomonidan kassasiya tartibida xal qilish uchun qabul qilindi, ushbu murojaatlarning barchasi qanoatlantirilib, tegishli sudlov xay’atiga ko‘rib chiqish uchun o‘tkazildi.
60 ta murojaat quyidagicha ijobiy hal qilindi:
- jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudi tomonidan 4 nafar shaxs jazoni o‘tashdan muddatidan oldin ozod qilindi;
- Buxoro viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hayxati tomonidan 1 nafar shaxs oqlandi;
- 7 nafar shaxsga nisbatan qo‘zg‘atilgan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi ish sud majlisida ko‘rilib, uning arizasi qanoatlantirilib, ma’muriy ish yuritishdan tugatildi;
- 1 ta shikoyat bo‘yicha sud qarorlari ijrosi to‘xtatildi.
Shuningdek, 38 nafar shaxsga nisbatan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan aliment undirish yuzasidan sud buyrug‘i chiqarilib, ijroga qaratildi;
- fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan ajrashish yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan suhbat o‘tkazilib, 14 nafar voyaga yetmagan farzandi bor 9 ta oila yarashtirildi.
Qabulda muammolari hal bo‘lgan 21 nafar fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga yozma tashakkurnoma bildirdi.
