Olimpiadada rossiyalik qiz Germaniya uchun oltin medalni qo‘lga kiritdi

Olimpiadada rossiyalik qiz Germaniya uchun oltin medalni qo‘lga kiritdi

Badiiy gimnastika bo‘yicha Germaniya terma jamoasi safida qatnashayotgan Darya Varfolomeeva birinchi o‘rinni egalladi. 17 yoshli sportchi jahon chempionatlarida allaqachon oltita oltin medalga ega.

9 avgust, juma kuni Germaniya terma jamoasi uchun kurashgan, asli kelib chiqishi rossiyalik bo‘lgan Darya Varfolomeeva Parijdagi Olimpiadada badiiy gimnastika bo‘yicha ko‘pkurash bahslarida oltin medalni qo‘lga kiritdi. To‘rtta mashqda shmidenlik 17 yoshli sportchi jami 142,850 ball to‘pladi va natijada Germaniyaning ushbu sport turi bo‘yicha ilk Olimpiya oltinini qo‘lga kiritdi.

Ikkinchi o‘rinni bolgariyalik Boryana Kaleyn (140,600), uchinchi o‘rinni italiyalik Sofiya Raffaeli (136,300) egalladi.

Varfolomeeva Barnaulda tug‘ilgan. Rossiyada gimnastikachi turli o‘smirlar musobaqalarida qatnashgan va 2019 yilda ota-onasi bilan Germaniyaga ko‘chib o‘tgan hamda sport fuqaroligini o‘zgartirgan.

Varfolomeeva jahon chempionatlarida (2022, 2023) oltita oltin, to‘rtta kumush va bitta bronza, Yevropa chempionatida (2022, 2023, 2024) ikkita oltin va uchta bronza medaliga ega.

Eslatib o‘tamiz, Parijda rossiyalik gimnastikachilar Rossiyaning Ukrainaga hujumi tufayli Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etishiga ruxsat berilmaganidan keyin Rossiya terma jamoasi neytral maqomda chiqishdan bosh tortdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!