Olimpiada oltin medali rostdan ham oltindan yasaladimi?

Olimpiada oltin medali rostdan ham oltindan yasaladimi?

Oxford Economics nashri Parij Olimpiadasining oltin medalini 950 yevroga baholagan.

Oltin medalning og‘irligi 529 gramm, ammo atigi olti gramm oltin. Ya’ni, medalning 1,3 foizigina oltin, qolgan qismi esa sof kumush. Aniqrog‘i, medal kumush yadro ustiga yotqizilgan plastinka oltindan iborat.

Aslida 1912 yilgi Stokgolm o‘yinlarigacha oltin medallar to‘liq oltindan yasalgan. Ammo Birinchi jahon urushidan keyingi pulni tejash siyosati tufayli 1920 yildan medalda oltin miqdori kamaygan.

Lekin kumush medal hali ham butunlay kumushdan yasalgan, bronza esa mis, qalay va rux qotishmasidan iborat.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!