Olimlar aniqlashdi: E’tiqodlilar uzoq umr ko‘radi

Olimlar aniqlashdi: E’tiqodlilar uzoq umr ko‘radi

Amerika Sog‘liq tadqiqotlari milliy markazida David Larson tomonidan amerikalik dindor va e’tiqodsiz kishilar o‘rtasida qilingan qiyoslamalar natijasida juda hayratlanarli ma’lumotlar taqdim etildi. Jumladan, dindorlar umuman e’tiqodsiz kishilarga qaraganda yurak kasalligiga 60 foiz kam uchrar ekan. O‘z joniga qasd qilish hodisalari dindorlar orasida umuman yo‘q. Qon bosimining xavfli ko‘rinishlari ham juda past darajada ekan.

Mazkur holat fanda The psychological impact ya’ni psixologik ta’sir deb ataladi. E’tiqodli kishining shukronalik kayfiyati ruhiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi natijasida, sog‘lig‘i uchun katta foyda keltirar ekan. Allohga bo‘lgan e’tiqod boshqa har qanday kayfiyatni ko‘taruvchi xususiyatlardan ko‘ra, ta’siri ancha kuchli ekani tasdiqlandi.

Xarvard Tibbiyot fakultetidan doktor Xerbert Bensonning diniy e’tiqod va vujudning sog‘lig‘i o‘rtasidagi boshqa tadqiqotlarida ham diqqatga sazovor natijalar yuzaga chiqqan. Benson e’tiqodsiz kishi bo‘lishiga qaramasdan, Allohga bo‘lgan e’tiqod va ibodatlar inson sog‘lig‘i uchun betakror darajada ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, degan fikrga kelgan. Benson boshqa hech qanday e’tiqod Allohga bo‘lgan e’tiqod kabi zehn va qalbga huzur bermagan , degan xulosaga kelgan.

Medisina dunyosi asta-sekin tushuna boshlagan bu haqiqat Qur’onda Ogoh bo‘linglar, qalblar faqat Allohning zikri bilan xotirjam bo‘ladi (Ra’d, 28) oyati bilan ta’kidlangan. Allohga ishongan, U Zotga duo qilgan insonlarning boshqalardan ham ruhiy, ham jismoniy jihatdan sog‘lom ekanlarining sababi yaratilishlariga mos harakat qilishlaridadir.

Malayziya va Singapurlik bir guruh olimlar uzoq yillar davomida hamkorlikda olib organ tajribalari natijasida e’tiqodli insonlarning sog‘lig‘iga ijobiy tasir ko‘rsatuvchi bir qancha omillarni sanab o‘tgan. Quyida, mazkur omillarning faqatgina inson tanasidan ishlab chiqaruvchi ayrim gormonlar xususidagi fikrlarini havola etamiz. Avvalo gormonlar haqida qisqacha to‘xtalsak. Gormonlar ichki sekresiya bezlari (endokrin bezlar)da ishlab chiqilib, qonga va to‘qima suyuqligiga o‘tadigan biologik faol moddalar hisoblanadi. Ular butun organizmga tarqalib, turli a’zo hamda to‘qimalarning faoliyatini boshqaradi.

Serotonin Baxt gormoni . Serotonin bosh miya neyromediatori bo‘lib, ko‘proq gormon deb ataladi. Bosh miya markazidagi g‘uddasimon bezda ishlab chiqariladi. Insonning psixologik va jismoniy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, ishtaha, kayfiyat, ijtimoiy xulq-atvor, kognitiv fikrlashga ta’sir ko‘rsatadi. Serotonin miqdori aqliy salohiyat, organizmga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Uning miqdori qanchalik ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi, deyiladi tibbiy maqolalarda.

Olimlarning tadqiqotlari natijasi shuni ko‘rsatmoqdaki, e’tiqodli (musulmonlar) bajaradigan har qanday ibodat (farz, sunnat, nafl va boshqa) yoki duo, nafaqat serotonin, balki dopamin va boshqa ko‘plab foydali gormonlarning ishlab chiqarilishiga sabab bo‘lar ekan. Tadqiqotchilar birgina namozning o‘zida inson har tomonlama aqlan, qalban va jismonan ibodat qilishi natijasida tana va salomatlik uchun kerakli bo‘lgan deyarli barcha foydali moddalar ishlab chiqarilishini ta’kidlashmoqda.

Ey Rabbim! Men senga duo qilib (hech qachon) baxtsiz bo‘lgan emasman . (Maryam, 4)

Endorfin inson tanasida endokrin bezlarning faoliyatini nazorat qiladi. Mazkur moddaning ko‘p miqdorda ishlab chiqarilishi insonda baxtiyorlik hissi va a’lo kayfiyatini kafolatlaydi. Shuning uchun ular baxtiyorlik gormonlari yoki hursandchilik gormonlari deb ataladi. Endorfinlar tanada stressga javob sifatida ya’ni, ruhiy charchoq, tushkunlik, depressiya va boshqa asab tizimiga bog‘liq kasalliklarga qarshi kurashish shuningdek, fiziologik himoyani ta’minlash uchun adaptasiyani buzmasdan, turli kasalliklar va ularning shakllanishidan tanani asrash maqsadida himoya reaksiyasi sifatida ishlab chiqariladi.

Bas, sizlarga Men (taraf)dan hidoyat kelganida kim Mening hidoyatimga ergashsa, yo‘ldan ozmas va baxtsiz bo‘lmas . (Toho, 123)

Bas, (u uchtaning birinchisi) o‘ng tomon egalaridir. O‘ng tomon egalari (bo‘lmoq) ne (saodat)dir! (Voqea, 8)

Oksitotsin mehr va muhabbat gormoni. Mazkur gormonning yetishmasligi g‘am-qayg‘uni (ba’zan mutlaqo besabab kayfiyat tushib ketishi) keltirib chiqaradi, xavotir darajasini oshirib yuboradi. Inson o‘zini baxtli his qilganda, kimgadir yoki nimagadir mehri uyg‘onganda, qalbida xotirjamlik sezganda, ezgu niyatlari amalga oshganda hamda farzandi kulgan vaqtda ota‑ona va eng qizig‘i ibodat qilayotgan inson qonida ko‘p miqdorda mazkur gormon ishlab chiqarila boshlar ekan. Olimlar e’tiqodlilar e’tiqodsizlardan ko‘ra ko‘proq o‘zlarini baxtiyor his qilishini isbotlashgan. Chunki, insonning Xudoga bo‘lgan ishonchi, muxabbati va taqdiriga roziligi inson tanasida oksitotsin garmonining faol ishlab chiqarilishiga sabab bo‘lar ekan.

...ularni Alloh sevadigan va ular ham Uni sevadigan, mo‘minlarga... (Moida, 54)

Imon keltirganlarning Allohga bo‘lgan sevgilari esa (ularnikidan) kuchliroqdir . (Baqara, 165)

Tiroksin. Yana bir muhim gormon hisoblangan tiroksin qad‑qomat go‘zalligi va aql‑idrokning shakllanishiga javobgar sanaladi. Qalqonsimon bezlarda ishlab chiqariluvchi ushbu gormon organizmda moddalar almashinuvi, harakatlar koordinasiyasi va tana tuzilishini boshqarishda ishtirok etadi. Bu modda dengiz karami, dengiz mahsulotlari yoki yodlangan tuz, non va sut mahsulotlarida yaxshi saqlanadi.

U seni yaratib, so‘ng (barcha a’zolaringni) tiklab, so‘ng (qomatingni) rost qilib qo‘ygan zot-ku! (Infitor, 7)

Haqiqatan, Biz insonni xushbichim va xushsurat (shaklda) yaratdik . (Tin, 4)

Biz ularni yaratdik va (barcha) a’zolarini mustahkam qildik . (Inson, 28)

Noradrenalin o‘z‑o‘zini himoya qilish gormoni bo‘lib, buyrak usti bezlarida ishlab chiqariladi. Stress holatida ushbu gormon butun organizmni urush holati ga tayyorlaydi. Bu vaqtda kuchsizlangan organizmni infeksiyalardan himoyalaydi, immunitet ishini muvofiqlashtiradi. Ushbu gormonning me’yorida ekanini yuzimizdagi sog‘lom qizillikdan bilish mumkin. Yangi sabzi va yogurtda mazkur modda ko‘p miqdorda saqlanadi.

Allohga tavakkul qiling! Allohning O‘zi yetarli vakil (himoyachi)dir . (Ahzob, 48)

Yoki ular uchun Bizdan o‘zga himoya qiladigan ilohlar bormi?! (Anbiyo, 43)

Aslida Alloh himoyachingizdir va U yordam beruvchilarning yaxshisidir . (Oli Imron, 150)

Insulin shirinlik gormoni. Oshqozon osti bezida ishlab chiqariladi. Ayni shu gormon biz iste’mol qilgan shirinliklarni parchalab, organizmimiz uchun zarur bo‘lgan energiya, quvvatga aylantirib beradi. Insulinning noto‘g‘ri ishlab chiqarilishi qandli diabet hamda yurak qon‑tomir tizimi xastaliklarining rivojlanishiga olib keladi. Insulin harakat gormoni hamdir. Bir soatlik fitnes mashg‘ulotlaridan so‘ng uning miqdori 6‑7 foizga ortishi, 5 mahal namozni o‘z vaqtida to‘kis ado etuvchilarda esa bu miqdor undan ham yuqori bo‘lishi isbotlangan.

So‘ngra turli mevalardan yeb, Parvardigoringiz (siz uchun) qulay qilib qo‘ygan yo‘llardan yuringiz! Ularning qorinlaridan odamlar uchun shifo bo‘lgan turli rangdagi sharbat (asal) chiqur. Albatta, bunda fikr yuritadigan qavm uchun alomat bordir . (Nahl,69)

Zero, (U) ularni ochlikdan (qutqarib) to‘ydirdi va xavf (va xatar)dan xotirjam qildi . (Quraysh, 4)

(Bu) Bizning huzurimizdan bo‘lmish ne’matdir. Shukr qilganlarni mana shunday mukofotlaymiz . (Qamar, 35)

Vazopressin ishonch gormoni. Gipofizda ishlab chiqariladi. Molekulyar tuzilishi oksitotsinni eslatadi. Mazkur gormon yaqinlik (do‘stlik, mehribonlik), g‘amxo‘rlik va er-xotin o‘rtasidagi o‘zaro ishonchning paydo bo‘lishiga ko‘maklashadi. Islom dini esa insonlarni o‘zaro mehr-muhabbat, do‘stlik, oilaga sadoqat va insonparvarlikka chorlaydi.

O‘zaro bir-biringizga fazl (muruvvat) qilishni unutmangiz. Albatta, Alloh qilayotgan amallaringizni ko‘rib turuvchidir .

(Baqara. 237)

Alloh esa taqvodorlarning do‘stidir . (Josiya, 19)

U (mo‘minlarga nisbatan) G‘afur (kechirimli) va Vadud (do‘st) (Buruj,14)

Melatonin uyqu gormoni. Yoshlik gormoni deb ham nomlanadi. Inson miyasining markaziy qismidagi epifiz markazida (g‘uddasimon bez) ishlab chiqariladi. Yorug‘likka o‘ta ta’sirchan gormon. Uning sutkalik miqdorini inson biologik soati belgilaydi. Ya’ni, kunduz kuni melotonin miqdori kamayib, kech tushishi bilan orta boshlaydi. Uning ishlab chiqarilishi yarim tunda cho‘qqisiga yetadi. Bir oz eng ko‘p miqdori ushlab turiladi so‘ngra asta sekinlik bilan pasaya boradi. Melotonin ishlab chiqarilishi yorug‘lik darajasiga bevosita bog‘liq. Melotonin o‘ziga xos antioksidant hisoblanib, ba’zi kasalliklar, masalan, saratonning ayrim turlari (ko‘krak bezi saratoni)ga qarshi kurashda uning o‘rni beqiyos. Melotonin yetishmovchiligi ham ayrim xastaliklarning (nevroz, asab kasalliklarining turli xillari, tana xolsizligi va boshqa xastaliklar) kuchayishiga olib kelishi mumkin. Zero, muxtaram o‘quvchilarimizga uyqusizlik qanchalik og‘ir asoratlarga olib kelishi yaxshigina ma’lum bo‘lsa kerak. Mazkur gormonning yana bir qiziqarli tomoni shundaki, u ovqat hazm qilish jarayonida ham ishtirok etadi. Shu sababdan me’yoridan ortiqcha ovqat iste’mol qilganimizda, ortiqcha taomni hazm qilish uchun ko‘proq melatonin ishlab chiqariladi va bizni uyqu bosadi. Musulmonlar tushdan keyin odat qilgan qaylula biroz orom uyqusi shuningdek, musulmonlarga odat bo‘lgan erta yotib erta turish ham yuqorida qayd etilganidek ayni melotoninga bo‘lgan ehtiyojni qondiradi.

Uyqularingizni (badanlaringiz va asablaringiz uchun) orom qildik .(Naba, 9)

U siz uchun kechani libos, uyquni istirohat qilgan va kunduzni tirilish (zamoni) qilgan Zotdir . (Furqon, 47)

Uning tarafidan xotirjamlik uchun sizlarni mudroq bostirgani . (Anfol, 11)

Inson, Yaratganning buyuk mo‘’jizasi. Tabiatda esa biz hali anglab yetmagan sir-sinoatlar serob. Biz yuqorida ayrim gormonlarning asosiy xususiyatlarini tilga olgan bo‘lsak ham, ularning vazifalari shular bilangina cheklanib qolmaydi. Zero, Alloh taolo Qur’oni karimda shunday marhamat qiladi:

...Agar Allohning ne’mat(lar)ini sanasangiz, sanog‘iga yeta olmaysiz. Haqiqatan, inson (o‘ziga) o‘ta zolim va (Rabbiga) juda noshukrdir .

(Ibrohim, 34-oyat)

Allohdan sizlarga Nur va ravshan Kitob keldiki, u bilan Alloh rizosini topishga intilganlarni (U) tinchlik va salomatlik yo‘llariga yo‘llab, O‘z izni bilan ularni zulmatlardan nurga chiqarur va to‘g‘ri yo‘lga hidoyat qilur .

Manba: muslim.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

"Manchester Siti" qishda sotib olgan himoyachisi yozda sotib yuborilishi mumkin

Қишки трансферлар вақтида ҳимоячи Витор Рейс "Палмейрас"дан "Манчестер Сити" таркибини тўлдирди.

Rossiya tez orada g‘ururdan portlab ketadi

Лавровнинг таъкидлашича, Москва ва Вашингтон "турли соҳаларда алоқаларни давом эттирмоқда.

Ispaniyadagi favqulodda holat tufayli «Barselona» - «Inter» uchrashuvi boshqa vaqtga ko‘chirilishi mumkin

El Desmarque хабарига кўра, Испанияда электр энергиясининг ўчиб қолиши туфайли Чемпионлар Лигаси ярим финалидаги "Барселона" - "Интер" учрашуви кўчирилиши мумкин.

Rossiyaliklar endi urushmoqchi emas

Украинадаги рус ҳарбийларининг деярли тўртдан уч қисми (72 фоизи) жанговар ҳаракатларни тўхтатиш тарафдори.

Rossiya Hindiston va Pokistonga murojaat qildi

Россия томони Покистон ва Ҳиндистонни келишмовчиликларни тинч йўл билан ҳал этиш учун босиқлик сақлашга ва конструктив мулоқот олиб боришга ундамоқда.

Qozog‘iston Xitoyga yer bergani haqiqatmi?

Қозоғистон ТИВ бу ҳақидаги маълумотларга муносабат билдирди.

Evropa zulmatga cho‘mdi

Испания, Португалия, Франсия ва Белгияда электр энергиясида катта узилишлар юз берди, бу эса аҳолини электр энергияси, интернет ва мобил алоқасиз қолдирди.

O‘zbekiston Rossiya elchisini chaqirtirdi

Ўзбекистон Ташқи ишлар вазирлигига Россия Федерацияси ҳудудида ўзбекистонлик меҳнат муҳожирларининг ҳуқуқлари бузилиши ҳақидаги хабарлар кўпайиб бораётгани муносабати билан Россия элчиси чақирилди.

Habib YECHLda kim g‘olib bo‘lishini istayotganini aytdi

Менинг фикримча, улар бу мавсумда ЕЧЛни ютишади. Агар тўғрисини гапирсам, уларнинг ғалабасини жуда хоҳлайман.

"Ukrainaliklar ruslar bosib olgan hududlarni de-fakto berishga tayyor"

"Биз украиналиклар билан очиқ ва қийин мунозараларда 22 та ўта аниқ шартларни таклиф қилдик ва биз жуда кучли позицияда эканлигимизга ишонамиз", деди Келлог.

Oilalarga 75 000 000 so‘mgacha foizsiz qarz beriladi

Мазкур маблағлар Камбағалликни қисқартириш давлат мақсадли жамғармаси томонидан ажратилади.

1 maydan 500 kVt⋅soatgacha bo‘lgan yangi miqdor joriy qilindi​​​​​​​

Қолаверса, 201 кВт·соатдан 1000 кВт·соатгача бўлган дифференциаллашган тариф бўйича истеъмол миқдори орасига янги миқдор киритилмоқда.

Texas ko‘lida 2 metrlik mahluq qo‘lga tushdi, bu jahon rekordi bo‘lishi mumkin

Техасда балиқ овлаш бўйича жаҳон рекордчиси қайтиб келди ва ўз ҳаётидаги энг қийин овда кўлнинг лойқа сувлари остида яна бир ажойиб воқеани яратди.

Ingliz manbasi: Husanov Gvardiola bilan tortishib qoldi

Бу ҳақда Х ижтимоий тармоғидаги Real Talk Manchester City аккаунти хабар берди.

“Tez orada Xudoning yordami bilan — bu butun Isroil yurti bo‘ladi”

Исроил оммавий ахборот воситалари шундай ёзув билан тарихий Фаластиннинг бутун ҳудудини қамраб олган харитани эълон қилишди.

Fransiya Rossiya G‘alaba bayramiga taklif qilinmaganidan g‘azablandi

Франция Россия Ғалабанинг 80 йиллигига бағишланган тадбирларга таклиф этилмаганидан норози.

Putinning vorisi kim bo‘ladi? U kimni tanlaydi?

Путин кетса, ким келади? Россияда ворислар ҳақида очиқ баёнот.

Putin: "Rossiyaning bir o‘zi butun boshli G‘arbga qarshi turibdi"

Россия бутун Ғарбга қарама-қаршиликда моҳиятан ёлғиз

Moskvadagi portlashda ikki kishi halok bo‘ldi

Бу ҳақда фавқулодда хизматлар маълум қилди.

9-may oldidan Zelenskiy boshqa davlatlarni ogohlantirdi

Россиядан 9-май куни “провокациялар” бўлиши мумкин.

Turkiya 2025 yilning ilk choragida turizmdan rekord darajadagi 9,5 milliard dollar daromad oldi

Туркия 2025 йил 1 чорак туризм натижаларини эълон қилди. Унга кўра, Туркия 2025 йилнинг 1 январидан 31 мартгача 8,844 миллион халқаро сайёҳни қабул қилди ва туризмдан рекорд дараажадаги 9,5 миллиард доллар даромад олди. Туркия Маданият ва туризм вазири Меҳмет Нури Эрсой Истанбулда ўтказилган матбуот анжуманида мамлакатнинг биринчи чоракда энг яхши кўрсаткичга эришганини маълум қилди.

BMT: G‘azo "misli ko‘rilmagan gumanitar falokat" bilan yuzlashmoqda

Бирлашган Миллатлар Ташкилотининг Фаластинлик қочқинларга ёрдам кўрсатиш агентлиги (УНРWА) Исроилнинг Ғазо секторини "тўлиқ блокадаси" тўққизинчи ҳафтасига киргач, минтақа "мисли кўрилмаган инсонпарварлик фалокатига" дуч келганини айтди.

Trampning aytishicha, Rossiya va Ukraina bo‘yicha muzokaralar yaxshi

АҚШ президенти Доналд Трамп дам олиш кунлари Россия ва Украина бўйича “жуда яхши” музокаралар ўтказганини айтди .

Evropa Ittifoqi Britaniyaning jinoiy ma’lumotlar bazasiga kirishini rad etadi

Бу ҳақда Times газетаси хабардор манбаларга таяниб ёзмоқда.

AQSHDA 60 yildan ortiq bedarak yo‘qolgan ayol topildi

Бейкберг эски очилмаган жиноятларни текшириш натижасида топилган. Полиция аёлни интернет қидируви орқали топди.

Braziliyada Ledi Gaga konserti vaqtida sodir etilgan teraktning oldi olindi

Бу ҳақда Рио Гранде-ду-Сул штати ҳуқуқ-тартибот идоралари маълум қилди.

Trampning aytishicha, Rossiya "butun Ukraina uchun kurashmoqchi"

АҚШ президенти Доналд Трамп “Россия бутун Украинани хоҳлайди ” деб ҳисоблайди. Бу ҳақда Украинанинг “Обозревател” нашри ёзмоқда .

AQSh Ukraina bo‘yicha kelishuvdan bosh tortsa, Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy qilishi mumkin

Бу ҳақда Америка етакчиси Доналд Трамп NBC News телеканалига берган интервьюсида айтиб ўтди.

AQSh Sanadagi hutiylarning qurol omborlariga zarba berdi

Бу ҳақда Ал Арабия телеканали хабар берди.

Pokiston BMT Xavfsizlik Kengashining favqulodda yig‘ilishini talab qilmoqda

Бу ҳақда Покистон миссияси вакили Аманат Али маълум қилди.

Tramp 1963 yilda yopilgan Alkatrazni qayta ochishni buyurdi

Бу ҳақда АҚШ президенти Доналд Трамп Truth ижтимоий тармоғида маълум қилди.

Keyingi haftada sayyoramiz atrofida 53 yildan buyon aylanib yurgan 500 kilogrammlik sovet kemasi Yerga qulaydi

1972 йилда учирилган «Космос 482» кемаси Венерага учиши керак эди, аммо носозликлар туфайли у ҳеч қачон Ер ёнидаги орбитадан чиқа олмади ва энди тахминан 10 майда Ерга қулайди.

Tramp yana Grenlandiya va Kanadani "qo‘shib olish" haqida gapirdi

АҚШ президенти Дональд Трамп Канада АҚШ таркибига ҳарбий куч билан қўшилишини реал деб ҳисобламаслигини айтди.

Hindiston Pokiston bilan chegaradagi Baglixar to‘g‘oni orqali suv oqimini to‘xtatdi

Бу ҳақда PTI агентлиги хабар берди.

Si Szinpin Rossiyaga rasmiy tashrif bilan keladi

Бу ҳақда Кремл матбуот хизмати хабар берди.

Germaniyada migrasiya siyosati kuchaytiriladi

Германия чегараларида назоратни кучайтириш ва миграция сиёсатини кучайтириш бўйича буйруқ беришини маълум қилди.

ID G‘azo sektori bo‘ylab quruqlikdagi operasiyalarni e’lon qildi

Бу ҳақда армия матбуот хизмати хабар бермоқда, деб ёзади “Репорт” .

O‘zbekistonlik chavandoz Erondagi turnirda oltin medal qo‘lga kiritdi

Теҳронда от спортининг конкур йўналиши бўйича CSIY-B халқаро турнири бўлиб ўтди.

Litvada NATO xalqaro mashg‘ulotlari boshlandi

Литвада Германиянинг 30 та вертолёти иштирокида НАТОнинг халқаро ҳарбий машғулотлари бўлиб ўтмоқда, деб хабар берди ТАСС.

36 soat davomida timsohlar orasida qolgan aviahalokat jabrlanuvchilari qutqarildi

1 май куни Боливиянинг шимолида жойлашган Буарес шаҳридан Тринидадга йўл олган кичик самолёт Амазонка ботқоқларига мажбурий қўнди. Бу ҳолат двигателдаги носозлик сабаб юз берган.