Oksford bilan ilmiy sohadagi hamkorlik mustahkamlanmoqda

Oksford bilan ilmiy sohadagi hamkorlik mustahkamlanmoqda

Maqolada yozilishicha, joriy yilning mart oyida O‘zbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va O‘zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi vakillaridan iborat delegasiya Buyuk Britaniyaga safar uyushtirib, Oksford islom tadqiqotlari markazi bilan ilmiy-ma’rifiy sohadagi hamkorlik masalalarini muhokama qilgan.

Tashrif davomida Buyuk Britaniya ilmiy doiralariga O‘zbekistonning islom sivilizasiyasi rivojiga qo‘shgan hissasi, mamlakatda diniy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan islohotlar, qadimiy va betakror zaminning ziyorat turizmi yo‘nalishidagi salohiyatini yoritib berishga bag‘ishlangan ma’ruzalar, taqdimot va ko‘rgazmalar tashkil etildi.

Oksford islom tadqiqotlari markazi direktori Farhan Nizomiy O‘zbekistondagi islomshunoslikka oid ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlikdan manfaatdor ekanini ta’kidlab, birgalikda kataloglar nashr etish, qadimiy qo‘lyozmalar ustida ilmiy izlanishlar olib borilishini qayd etgan.

Manba: daryo.uz
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!