OKMK: mahalliylashtirish dasturi amalda

OKMK: mahalliylashtirish dasturi amalda

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida mahalliylashtirish dasturi asosida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, birinchi chorakda dastur asosida 240 ta loyiha bo‘yicha 406,3 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi. Bu belgilangan rejaga (371,5 mlrd so‘m) nisbatan 109,4 foizni tashkil etdi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 4 barobar oshgan. Import o‘rnini bosish samaradorligi 32,6 million dollarga yetgan. Bunda yangi loyihalar bo‘yicha 314,1 milliard so‘mlik mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarilgan.

2024 yilda mahalliylashtirish dasturiga ko‘ra, 268 ta loyiha bo‘yicha 1,5 trillion so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarish belgilangan. Korxonalar kesimida oladigan bo‘lsak Markaziy ta’mirlash-mexanika zavodida 102 ta loyiha bo‘yicha 18,5 milliard so‘mlik, Ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasida 31 ta loyiha bo‘yicha – 32,2 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan. Mis eritish zavodida esa 7 milliard so‘mlik, Portlovchi materiallar zavodida 52,7 milliard so‘mlik mahsulot tayyorlangan. Shuningdek, 8 ta mexanik-ta’mirlash uchastkalarida 7,7 milliard so‘mlik, 3-MBF qurilishida ishlatilayotgan metall konstruksiyalari bo‘yicha 196 milliard so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilishiga erishilgan. Yana bir ahamiyatli jihati o‘tgan 3 oyda 1,2 million dollarlik mahalliylashtirilgan mahsulotlar — palladiy va texnik rux sulfati eksporti amalga oshirilgan. Sanoat kooperasiyasi va “shatakka olish” tizimi orqali birinchi chorakda mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalardan 166,9 milliard so‘mlik mahsulotlar xarid qilinib, prognoz 132 foizga bajarilgan (126,5 mlrd so‘m). Jumladan, Olmaliq quyuv mexanika zavodida 40 turdan ortiq (300 mlrd so‘m) quyma mahsulotlarni ishlab chiqarish boshlandi.

Joriy yilning 2-choragi va 1-yarim yilligida ham ushbu ishlar bardavomlik kasb etadi. Xususan, aprel-iyun oylarida 416,9 milliard so‘mlik birinchi yarim yillikda 788,5 milliard so‘mlik mahalliylashtirilgan mahsulot ishlab chiqariladi. Shundan 424,6 milliard so‘mi yoki jami prognozning 53 foizi 3-mis boyitish fabrikasi metall konstruksiyalariga to‘g‘ri keladi.

Umumiy qiymati 674,8 milliard so‘m bo‘lgan 150 ta yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish o‘zlashtiriladi. Natijada importni qisqartirish samaradorligi 62,1 million dollarni tashkil etadi.

“Intercon Roollers” qo‘shma korxonasida konveyer roliklarini ishlab chiqarish iyun oyida ishga tushirilib, oyiga 15 ming dona rolik ishlab chiqariladi va ushbu mahsulotni import qilish to‘xtatiladi. “Avantec” qo‘shma korxonasida germaniyalik hamkorlar bilan dastgohlar ishlab chiqarish loyihasi doirasida qurilish ishlari yakunlandi. Bugungi kunda uskunalarni olib kelish va o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!