Oilaviy zo‘ravonlik uchun jinoiy javobgarlik belgilash kerak — Mirziyoyeva

Oilaviy zo‘ravonlik uchun jinoiy javobgarlik belgilash kerak — Mirziyoyeva

Prezident Administrasiyasi Ijro etuvchi apparatining Kommunikasiyalar va axborot siyosati bo‘yicha sho‘’ba mudiri Saida Mirziyoyeva oilaviy zo‘ravonlik uchun jinoiy javobgarlik belgilashni taklif qildi.

"Bugun Senatda NNT, davlat idoralari va faollar ishtirokida oiladagi zo‘ravonlik to‘g‘risidagi qonunning jamoatchilik muhokamasi o‘tkaziladi.

Qisqacha o‘z fikrimni bildiraman.

Oiladagi zo‘ravonlik uchun jinoiy jazo tayinlamagunicha, ushbu jinoyatga davlatning munosabati Jinoyat kodeksida aniq aks etmagunicha, bir joyda qotib turaveramiz.
Busiz boshqa hech nima yordam berolmaydi, yuzaki choralar ham, eng ilg‘or gender loyihalari ham, quruq gap bilan tarbiyalashga urinishlar ham.

Oldin ayollar oldidagi mas’uliyatni belgilagan holda, ularni himoyalovchi Qonun joriy etilishi zarur. Qolgani keyin bo‘ladi", deb yozadi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!