Og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida doping aniqlanmadi

Og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida doping aniqlanmadi

Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda 4-17 sentyabr kunlari o‘tkazilgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida sportchilardan olingan doping tekshiruvi birorta ham musbat natija bermadi.

Kattalar o‘rtasidagi nufuzli musobaqada ilk bor erishilgan bu natija mazkur olimpiya sport turida taqiqlangan moddalar iste’moli bo‘yicha holat ijobiy tomonga o‘zgarganidan dalolat, deyiladi Xalqaro olimpiya qo‘mitasi xabarida.

2024 yil Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiadaga saralash bosqichidagi ikki majburiy tadbirdan birida 61 davlatdan qatnashgan 213 sportchi jiddiy doping-testdan o‘tkazildi.

XOQning og‘ir atletikani 2028 yilgi Los-Anjeles Olimpiadasiga qaytarish haqidagi tarixiy qaroridan ikki hafta o‘tib, jahon chempionatida doping aniqlanmagani e’lon qilinishi ushbu qiziqarli sport turi xalqaro miqyosda yana o‘z o‘rnini tiklayotganini anglatadi.

– Xalqaro og‘ir atletika federasiyasi yillar davomida standartga muvofiq doping-test o‘tkazmaslikda, sportchilarga taqiqlangan moddalardan foydalanish imkonini berish yoki musobaqada qatnashishga yordam berishda gumon qilingan edi, – deyilgan XOAF bayonotida. – endi esa bizga Olimpiya o‘yinlari yo‘lida “yashil chiroq” yonmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Ar-Riyodda o‘tgan jahon chempionatida O‘zbekiston sportchilari 4 oltin, 2 kumush va 1 bronza medalini qo‘lga kiritdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!