OAV: “Islom davlati” yetakchisi al-Bag‘dodiy o‘ldirildi!

OAV: “Islom davlati” yetakchisi al-Bag‘dodiy o‘ldirildi!

AQSh Suriyada “Islom davlati” terrorchilik tashkiloti rahbari Abu Bakr al-Bag‘dodiyga qarshi maxsus amaliyot o‘tkazdi. Bu haqda RIA Novosti Fox News telekanali ma’lumotlariga tayanib xabar qilmoqda.

Taxmin qilinishicha, “Islom davlati” terrorchilik tashkiloti rahbari al-Bag‘dodiy o‘lgan, ammo ushbu xabar hozircha rasman tasdiqlanmagan. Terrorchi o‘zini portlatib yuborgan, degan taxmin ilgari surilmoqda.

“Reyter” agentligi ma’lumotlariga qaraganda, Suriyadagi manbalar Iroq razvedkasiga al-Bag‘dodiy yo‘q qilingani haqidagi xabarni tasdiqlashgan. Ta’kidlanishicha, “ISHID” yetakchisi Suriyaning Idlib shahrida tan soqchilari bilan birgalikda yo‘q qilingan. Manba terrorchi oilasini turk chegarasiga tomon olib o‘tayotgan vaqtda uni aniqlashning imkoni bo‘lganini qo‘shimcha qilgan.

Biroz avval AQSh prezidenti Donald Tramp ham “Tvitter”dagi sahifasida “juda muhim voqea” sodir bo‘lgani haqida yozdi, lekin u nimani nazarda tutayotganiga oydinlik kiritmadi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!