Nursulton Nazarboyev xristian oilada tug‘ilganmi?

Nursulton Nazarboyev xristian oilada tug‘ilganmi?

“Rossiya 24” telekanalining jurnalisti Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevdan intervyu ola turib, undan kuch va g‘ayratga to‘la “prezidentlik siri”ni ochishni so‘radi.
 
Muxbir Nursulton Abishevich yoshligida og‘ir jismoniy mehnat bilan shug‘ullanganligini ham alohida eslatib o‘tdi.
 
Qozog‘iston yetakchisining uzoq yillik faolligi siri uning o‘z ishiga bo‘lgan munosabatida.
 
“Agar bajarayotgan ishing o‘zingga yoqsa va bu ishni sevsang, xuddi ishlamayotgandek davom etaverasan. Mehnat insonni tonusda ushlashga majburlaydi, demak, sen bu tonusni o‘zing qo‘llab-quvvatlashing shart. O‘zingni bo‘sh qo‘yib yubormasdan, doim “otning ustida”, ya’ni, oldinda bo‘lishing kerak. Prezident fidoyi bo‘lishi kerak – bu chekingga tushgan taqdir”, deb ta’kidladi Nazarboyev.
 
Shu bilan birga u, inson doimiy ravishda o‘z ustida ishlashi va sog‘ligiga e’tiborli bo‘lishi lozimligini ham aytib o‘tdi.
 
U o‘z yoshligini eslab, oddiy xristian oilasida tug‘ilgani va bolaligidan ota-onasiga yordam bergani, maktabdan so‘ng og‘ir mehnat bilan shug‘ullangani, universitetni bitirganidan so‘ng esa muhandis bo‘lib ishlaganini, bu esa u uchun yengil bo‘lmaganini ham aytib o‘tdi.
 
“Men hammasiga chidayman. Lekin, doim o‘z ustimda ishlashga harakat qilaman”, deydi u.

Manba: qalampir.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!