Nukusda “II Markaziy Osiyo Chang” xalqaro konferensiyasi o‘tmoqda

Nukusda “II Markaziy Osiyo Chang” xalqaro konferensiyasi o‘tmoqda

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida Orol dengizining qurigan hududida atrof-muhitni asrash muammosiga bag‘ishlangan “II Markaziy Osiyo Chang” xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Anjumanda mamlakatimiz hamda 80 ga yaqin davlatdan vakillar ishtirok etmoqda.

Konferensiyaning asosiy maqsadi jahon ilm-fani jamoatchiligining Orol dengizi bo‘yidagi muammolarga yechim topishga e’tiborini jalb qilishdir.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining o‘rinbosari R.Saparbayev va boshqalar Orolbo‘yi hududida ekologik muammolar, shu jumladan, suv, tuproq, havodagi chang, ekotizim va inson salomatligiga oid muammolarga birga yechim topish, bu yo‘nalishda xorijiy tashkilotlar va olimlar bilan hamkorlik borasidagi ishlar haqida so‘z yuritdi.

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan Orol muammolarini kamaytirish, aholining turmush sharoitini yaxshilash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Janubiy Orolbo‘yi hududi antropogen landshaftidagi qush ekologiyasi to‘liq o‘rganilmaganligi, shu sababli Janubiy Orolbo‘yi antropogen landshaftlari ornitofaunasiga iqlim faktorlarining ta’sirini har tomonlama o‘rganish zarur ekanligi qayd etildi.

Tadbir ishtirokchilari Qoraqalpoq davlat universitetiga talabalarni qamrab olish, bu yerda talabalar va magistrantlarning o‘qib bilim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar, professor-o‘qituvchilar, talabalar tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari bilan tanishdi.

“II Markaziy Osiyo Chang” xalqaro konferensiyasi 22 aprelgacha davom etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!