Nogiron shaxslar chiptalarni imtiyozli onlayn xarid qilishlari mumkin bo‘ladi
Parlamentda «Temir yo‘l transporti to‘g‘risida»gi qonun loyihasi muhokama qilinmoqda.
Qonun loyihasida nogironligi bo‘lgan shaxslar chiptalarni imtiyoz bilan onlayn xarid qilishlari mumkin bo‘ladi (ilgari imtiyozli chiptalarni sotib olish uchun fuqarolar kassaga borishlari zarur edi).
Shuningdek, umumiy foydalanishdagi temir yo‘l transporti infratuzilmasi ob’ektlari davlat tasarrufida qoldirilmoqda, vokzallar va vagonlar davlat-xususiy sheriklik shartnomalari asosida qurish, modernizasiya qilish va boshqarish uchun xususiy sherikka berilishi belgilanmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)