Nobel: Putin va Tramp o‘rtasida yangi "jang" boshlandi

Nobel: Putin va Tramp o‘rtasida yangi "jang" boshlandi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin tinchlik bo‘yicha 2021 yilgi Nobel mukofotiga nomzod bo‘ldi. Yozuvchi Sergey Komkov 9 sentyabr kuni Osloda joylashgan Nobel qo‘mitasiga ariza yubordi.

"Bu – mening Nobel tinchlik mukofotiga to‘rtinchi nomzodim. Shu yilning 9 sentyabrida yuborilgan va 10 sentyabr kuni ushbu ariza Nobel qo‘mitasi shtab-kvartirasida Osloda Nobel tinchlik qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan", — dedi Komkov Rossiya prezidenti Vladimir Putinni 2021 yilda tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga tavsiya etish to‘g‘risidagi matbuot anjumanida.

Akademikning so‘zlariga ko‘ra, ushbu arizadan so‘ng Amerika tomoni tom ma’noda g‘azablangan. Keyinroq Oslodagi Amerika vakili tezda ariza yozib, darhol Nobel tinchlik mukofotiga da’vogarlik uchun ariza topshirgan. "Trampning nomzodi nega qo‘yildi, tushunmayapman", – dedi yozuvchi.

Komkovning ta’kidlashicha, nomzodlar uchun arizalarni qabul qilish sentyabrda boshlanadi va oktyabrda tugaydi. Mart oyigacha qo‘mita ularni ko‘rib chiqadi va mart-aprel oylarida o‘z takliflarini yuborgan har bir kishiga ariza qabul qilinganligi, ko‘rib chiqilganligi va ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida xabarlar yuboriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!