Nigeriya terma jamoasi murabbiysi futbolchilarga jahon chempionati vaqtida rossiyalik qizlar bilan ishqiy munosabat o‘rnatishni taqiqladi

Nigeriya terma jamoasi murabbiysi futbolchilarga jahon chempionati vaqtida rossiyalik qizlar bilan ishqiy munosabat o‘rnatishni taqiqladi

Nigeriya terma jamoasi bosh murabbiysi Gernot Ror futbolchilarga jahon chempionati vaqtida rus qizlari bilan ishqiy munosabatga kirishishni taqiqladi. Bu haqda “Complete Sports Nigeria” nashri xabar tarqatdi.

Rorning fikricha, bu futbolchilarga xalal beradi.

“Men futbolchilarimning rossiyalik qizlar bilan tanishishlariga qarshiman. Yo‘q, yo‘q, yo‘q. Faqat jamoa sardori Mikel bundan mustasno, chunki uning sevgan qizi rossiyalik, bu esa xavf tug‘dirmaydi”, dedi murabbiy.

Ma’lumot uchun, aprel oyida Buyuk Britaniyaning xavfsizlik bo‘yicha eksporti Entoni Glis rus qizlari ataylab ingliz futbolchilari oldiga jo‘natilishini ma’lum qilgandi. Uning fikricha, Kreml aynan rossiyalik qizlar orqali Angliya terma jamoasining natijalariga salbiy ta’sir ko‘rsatishni mo‘ljallagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!