Niderlandiya G‘azo urushini zudlik bilan to‘xtatishni talab qildi

Niderlandiya G‘azo urushini zudlik bilan to‘xtatishni talab qildi

Isroilga tashrif buyurgan Niderlandiya tashqi ishlar vaziri Kaspar Veldkamp garovga olinganlarni ozod qilish uchun G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini zudlik bilan amalga oshirish zarurligini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, u isroillik hamkasbi Isroil Katz bilan uchrashgan va unga olti nafar isroillik garovga olingan kishining o‘ldirilishi munosabati bilan hamdardlik bildirgan.

«Biz G‘azo sektorida zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv zarurligini ta’kidladik. Bu garovga olinganlarni ozod qilish, G‘azoga insonparvarlik yordamini oshirish va mintaqaviy taranglikni yumshatish uchun zarur. Biz imkon qadar Eron hujumining oldini olishga intilamiz», deb yozdi Veldkamp ijtimoiy tarmoqda.

Unga ko‘ra, tomonlar G‘arbiy Sohilda davom etayotgan keskinlashuv va Quddusdagi keskinlikni ham muhokama qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!