Neymar, Azar, Keyn va Mbappe: “Real” yozgi transfer borasida bir qarorga keldi

Neymar, Azar, Keyn va Mbappe: “Real” yozgi transfer borasida bir qarorga keldi

Madridning “Real” klubi yozgi transfer maqsadlarini ancha ixchamlashtirib olmoqda. Xususan, klub prezidenti Florentino Peres bosh murabbiy Xuan Lopetegi bilan maslahatlashgan holda jamoaning yozgi transferdagi asosiy maqsadini belgilab oldi.

“Qirollik klubi” Neymar, Mbappe, Keyn va Azar kabi futbolchilarga e’tibor qaratayotgandi. Lopetegi esa bu futbolchilardan qaysi birini birinchi navbatda sotib olish kerakligi borasida qaror chiqardi.

Ispan nashrlariga ko‘ra, “Real” yozda Mbappeni xarid qilish niyatida. “Qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres aynan shuni istagan. Qolaversa, Mbappening mundialdagi ishtiroki, Peresning fikricha, Neymarnikidan yaxshiroq kechyapti.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!