Netanyaxu sud-huquq islohotlarini keyinga qoldirmoqda

Netanyaxu sud-huquq islohotlarini keyinga qoldirmoqda

Netanyaxu norozilik namoyishlari va umumiy ish tashlashlar tufayli sud-huquq islohotlarini keyinga qoldirmoqda.

Isroilda uchinchi oydirki, hukumat Oliy sud vakolatlarini cheklash rejalari tufayli norozilik namoyishlari tinmayapti.

Netanyaxu islohotlarining mohiyati sud tizimini qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi organlar qarorlariga ta’sir qilish imkoniyatidan mahrum qilish edi.

Isroil Oliy sudi endi konstitusiyaga zid deb hisoblagan qonunlarni bekor qilishi mumkin.

Taklif etilayotgan tuzatishlar har qanday bunday qarorni oddiy parlament ko‘pchilik ovozi bilan bekor qilinishini nazarda tutgan.

Isroil parlamenti 120 deputatdan iborat yagona palatadan iborat. Shunday qilib, Knessetda kamida 61 ovozga ega bo‘lgan hukmron koalisiya har qanday qonunni erkin qabul qilishi yoki bekor qilishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!