Netanyaxu G‘azo bo‘yicha muzokarachilarni Qohiraga jo‘nab ketishni buyurdi
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu isroillik muzokarachilarga shanba kuni G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirish uchun Qohiraga jo‘nab ketishni buyurdi, deya xabar bermoqda The Times of Israel bosh vazirlik idorasiga tayanib.
Ba’zi Isroil ommaviy axborot vositalari Netanyaxu xavfsizlik boshliqlarining kelishuvga erishish uchun mavjud imkoniyatdan foydalanish chaqiriqlarini rad etgani haqidagi xabarlaridan keyin bayonot berdi.
Isroil Bosh vazirlik idorasi bu xabarlar yolg‘on ekanligini va kelishuvning ko‘plab bandlari haligacha kelishib olinmaganini aytdi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)