Nazarboyev tavsiya qilgan odam Qozog‘iston bosh vaziri bo‘ldi

Nazarboyev tavsiya qilgan odam Qozog‘iston bosh vaziri bo‘ldi

Qozog‘iston parlamenti yangi muddatga Asqar Maminni mamlakat bosh vaziri etib qayta sayladi, uning nomzodi respublika prezidenti Qosim-Jomart Tokayev tomonidan ma’qullandi. Bu haqda davlat rahbari ma’muriyati saytida xabar berildi.

"Sputnik Qozog‘iston" gazetasining yozishicha, hukmron "Nur-Otan" partiyasidan 78 nafar deputat Maminning nomzodi uchun ovoz bergan, Xalq partiyasi va "Oq yo‘l" (Yorug‘lik yo‘li) fraksiyasining 21 vakili betaraf qoldi.

Bir kun oldin Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev bosh vazir nomzodini qo‘llab-quvvatlashni iltimos qilgandi. Ma’lumot uchun, Asqar Mamin birinchi marta 2019 yil 25 fevralda mamlakat bosh vaziri bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!