Navoiylik erkak jinoiy rejasini amalga oshirish uchun boshqaning uyida mehmon bo‘ldi

Navoiylik erkak jinoiy rejasini amalga oshirish uchun boshqaning uyida mehmon bo‘ldi

Navoiy viloyati. 2021 yil 10 dekabr kunidan 11 dekabr kuniga o‘tar kechasi 22 yoshli O.T. o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilishni o‘z oldiga maqsad qilib, 47 yoshli M.O.,ning Zarafshon shahri 3-kichik tumanida joylashgan xonadoniga mehmon bo‘lib, tunab qolib, uy egalari uxlab qolganligidan foydalanib, M.O.,ning qarovsiz qoldirilgan plastik kartasi va unga “click” tizimi orqali ulangan qo‘l telefonini yashirin ravishda qo‘lga kiritib, M.O.,ning qo‘l telefoniga “click evalution” ilovasini internet tarmog‘i orqali yuklab olib, ushbu ilova orqali M.O.,ga berilgan plastik kartasidan 2021 yil 11 dekabr kuni soat 05:45 da 1.700.000 so‘m pullarni, keyinchalik, soat 11:29 da 250.000 so‘m pullarni yashirin ravishda talon-toroj qilib, uyni tark etgan.

Mazkur holat yuzasidan O.T.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a,B” bandlari (xavfli residivist tomonidan kompyuter tizimiga ruxsatsiz kirib o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!