Navoiylik ayol erini o‘ldirib qo‘ydi

Navoiylik ayol erini o‘ldirib qo‘ydi

2019 yil 3 aprel kuni Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida yashovchi G.N.(ismli ayol) uyida oilaviy janjal oqibatida mast holda bo‘lgan turmush o‘rtog‘i B.N.ning qorniga pichoq bilan urib, jarohat yetkazgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasiga ko‘ra, B.N. kasalxonaga yotqizilib, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayol qo‘lga olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!