Navoiyda Prezident tashrifidan «dux» olgan tadbirkor ayolga avtomobil topshirildi

Navoiyda Prezident tashrifidan «dux» olgan tadbirkor ayolga avtomobil topshirildi

Shavkat Mirziyoyevning Navoiyga tashrifida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda so‘zga chiqib, Prezident kelganidan «dux» olganini aytgan tadbirkor ayolga avtomobil sovg‘a qilinishi xabar qilingandi. Viloyat hokimligi axborot xizmati ayolga va’da qilingan mashina topshirilganini ma’lum qildi.


Foto: Navoiy viloyat hokimligi axborot xizmati
Xabar berilishicha, Prezidentning Navoiyga tashrifi chog‘ida tadbirkor va ishbilarmonlar bilan o‘tkazgan muloqoti jarayonida Omonboyeva Merey ismli tadbirkor ayol so‘zga chiqib, Shavkat Mirziyoyevga berilayotgan imkoniyatlar uchun minnatdorchilik bildirgan. U davlat rahbari tashrifidan xursandligini bildira turib, «Hurmatli Prezident, bugun siz kelganingizga biz ‘dux’ oldik, kuch oldik, desam ham adashmayman», degan. Muloqot so‘ngida Shavkat Mirziyoyev ayolga avtomobil sovg‘a qilinishini aytgan.

Ta’kidlanishicha, Merey Omonboyevaga Prezident tomonidan va’da qilingan «Nexia-3» avtomashinasi topshirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!