Navoiyda “Labo” avtomobili yonib ketdi

Navoiyda “Labo” avtomobili yonib ketdi

Bugun, 6 avgust kuni soat 09:21 da Navoiy shahar “Kimyogar” MFY A.Temur ko‘chasida joylashagan “Zarafshon Fayz Oil” MJChga qarashli AGTKShdan yoqilg‘i quyib chiqish vaqtida “Labo” rusumli avtomobilda yong‘in sodir bo‘lgan.

Yong‘inni o‘chirishga 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan. Yong‘in soat 09:23da o‘rab olinib, soat 09:25da batamom o‘chirilgan. Yong‘in natijasida avtomobilning motor, salon, kuzov qismlari va avtomobil shinalari yongan.

Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

Xozirda mutaxasislar tomonidan yong‘in sababi va moddiy zarari aniqlanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!