Navbat Yermek Marjikpayevga: Qozog‘iston turizm va sport vaziri lavozimidan ozod etildi

Navbat Yermek Marjikpayevga: Qozog‘iston turizm va sport vaziri lavozimidan ozod etildi

Bunga Qozoziston terma jamoasining Parij-2024 Olimpiadasidagi qoniqarsiz ishtiroki sabab bo‘ldi.

Mamlakat prezidenti Kasim-Jomart Tokayev Farmoni bilan Qozog‘iston turizm va sport vaziri Yermek Marjikpayev vazifasidan iste’foga chiqarildi. Marjikpayev ushbu lavozimga 2023 yilning sentyabr oyida tayinlangan edi.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston sport delegasiyasi Parij-2024 Olimpiadasida 1 ta oltin, 3 ta kumush, 3 ta bronza medali bilan 206 davlat orasida umumjamoa hisobida 43-o‘rinni egallagandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!