NATOning uchta harbiy kemasi Finlyandiyaga yetib keladi

NATOning uchta harbiy kemasi Finlyandiyaga yetib keladi

Shimoliy Atlantika alyansining (NATO) uchta harbiy kemasidan iborat otryadi Finlyandiyaga tashrif bilan keladi. Bu haqda 26 may kuni mamlakat harbiy-dengiz kuchlari ma’lum qildi.

Ular 27 may, shanba kuni poytaxt Xelsinki portida kutilmoqda. Boltiq dengizidagi Baltops 23 mashqlarida qatnashish uchun kemalar Norvegiya, Germaniya va Fransiyadan keladi.

“Tashrif NATOning Boltiq dengizida rejalashtirilgan amaliyotlarining bir qismidir”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Mashg‘ulotlarda Finlyandiya nomidan “Katanpää” toifali minalarga qarshi kema ishtirok etadi. Qayd etilishicha, Germaniyaning FGS Rottweil va Fransiyaning FS Pegase kemalari akvatoriyani kuzatishga ixtisoslashgan. Guruhga Norvegiya qirg‘oq xavfsizligi patrul kemasi HNoMS Nordkapp boshchilik qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!