“Nasaf” g‘alaba qozondi, “Navbahorda” durang “OKMK” esa mag‘lub bo‘ldi

“Nasaf” g‘alaba qozondi, “Navbahorda” durang “OKMK” esa mag‘lub bo‘ldi

Futbol bo‘yicha Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichining birinchi tur uchrashuvlariga start berildi. Unda “Nasaf”, “OKMK” va “Navbahor” kabi klublarimiz o‘zlarining ilk o‘yinini o‘tkazdi.

Iordaniyaning “Al-Faysali” klubiga qarshi o‘tgan o‘yinda Qarshi shahrining “Nasaf” jamoasi 0:1 hisobida g‘alaba qozondi. Mazkur o‘yindagi yagona golga 90+8 daqiqada Zafarmurod Abdurahmatov mualliflik qildi. Shuningdek, “B” guruhidan o‘rin olgan ikkinchi o‘yinda “As-Sadd” – “Sharja” o‘zaro raqobatlashdi. Ushbu o‘yin 1:1 hisobida yakunlandi.

Ushbu natijadan so‘ng “Nasaf” o‘z guruhi peshqadamiga aylandi.

Jidda shahridagi “Abdullah Al-Faisal Stadium”da o‘tgan “Al Ittihod” va “OKMK” uchrashuvida afsuski hisob 3:0 ko‘rinishini oldi. O‘yinda maydon egalariga g‘alaba keltirgan gollarni Kamara va Romarinyo (dubl) jamoamiz darvozasiga kiritdi.

Osiyo chempionlar ligasi “C“ guruhidan o‘rin olgan ”Eyr-Fors“ — ”Sepahon” bahsida 2:2 natijasi qayd etildi.

Shu tariqa mazkur guruhda “Al Ittihod” 3 ochko bilan guruhda 1-pog‘onaga chiqib olgan bo‘lsa “Eyr Fors” ikkinchi, “Sepahon” esa uchinchi pog‘onadan joy oldi.

Osiyo chempionlar ligasi “D” guruhida birinchi turning eng qiziqarli va murosasiz o‘tgan bahsi Ar-Riyod shahrida joylashgan “Qirol Fahd” stadionida o‘tdi. Unda mezbon jamoa “Al-Hilol» va Namanganning “Navbahor” klubi bahs olib bordi.

Uchrashuvning 52-daqiqasida Toma Tobatadze raqib darvozasini ishg‘ol qilib, “Navbahor”ni oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida uchrashuv hakami o‘yinga 14 daqiqa qo‘shib berdi. Qo‘shimcha vaqtning 10 daqiqasida Al-Bulayhi gol urib muvozanatni tikladi. Shu tariqa, o‘z tarkibida braziliyalik Neymar va bir qator mahoratli futbolchilari bo‘lgan “Al-Hilol» klubi o‘z maydonida durang qayd etdi.

Shuningdek, guruhning ikkinchi o‘yini “Mumbay Siti” va “Nasajji Mozandaron” jamoalari o‘rtasida o‘tdi. Ushbu bahsda mehmonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Shunday qilib, bu guruhda “Nasajji Mozandaron” 3 ochko bilan yaqqol peshqadamga aylanib oldi. “Al-Hilol» va “Navbahor” klublari esa 1 ochko bilan ikkinchi hamda uchinchi o‘rinni egalladi.

Endi Osiyo chempionlar ligasining ikkinchi turida “OKMK” o‘z maydonida “Eyr-Fors”ni qabul qilsa, Qarshida “Nasaf” “As-Sadd”ni sinovdan o‘tkazadi. Bu bahslar 2 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. 3 oktyabr kuni esa “Navbahor” va “Mumbay Siti” klublari o‘zaro raqobatlashadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!