NASA yerdan tashqaridagi tadqiqotlar bo‘yicha maxsus direktorini tayinladi

NASA rahbariyatida noma’lum uchuvchi jismlarni o‘rganish bo‘yicha yangi maxsus direktor lavozimi joriy etildi, deb xabar beradi BBC.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, NASA dagi yangi lavozimni avval noma’lum uchar ob’ektlar, noma’lum anomal hodisalar videolari va boshqa ma’lumotlarni o‘rganuvchi mustaqil ekspertlar komissiyasiga yordam bergan shaxs egallaydi.
NASA payshanba kuni mustaqil ekspertlar ishining yakuniy hisobotini e’lon qildi. Bir yil davomida mustaqil ekspertlar videoga olingan noma’lum hodisalarni sinchiklab o‘rganib chiqdi va ularning boshqa sayyoradan ekaniga aniq dalil topmadi. Biroq ekspertlar bu ob’ektlar boshqa sayyoradan emas, degan biryoqlama xulosa chiqarishga shoshilmayapti.
«Biz hali ham aniq nima ekanligini bilmaymiz. Ba’zi noma’lum uchuvchi jismlar sinchiklab tekshirilganda havo shari bo‘lib chiqdi. Boshqalar - esa atmosfera hodisalaridir. Biz uchun sir bo‘lib qolayotgan hodisalar ham mavjud», - dedi NASA ma’muri Bill Nelson.
Lekin shu bilan birga Bill Nelson begona sayyoralarda hayot va hatto sivilizasiya mavjudligiga shubha qilmasligini ham e’lon qildi.