Narkojinoyat sodir etgan yoshlarning soni yildan yilga o‘sib bormoqda

Narkojinoyat sodir etgan yoshlarning soni yildan yilga o‘sib bormoqda

Internetda psixotrop moddalar savdosiga ixtisoslashgan 52 ta axborot resursi aniqlangan. Ularning 14 tasi veb-saytlarni, 38 tasi esa Telegram messenjerini tashkil etgan. Telegram-kanallar orqali 120 mingga yaqin foydalanuvchi qamrab olingan.

Joriy yilning 12 iyun kuni Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi huzurida tashkil etilgan O‘zbekistonda o‘smirlar va yoshlar ruhiy salomatligini profilaktika qilish va mustahkamlash masalalari bo‘yicha idoralararo ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va psixotrop moddalar iste’molining oldini olish yuzasidan olib borilayotgan ishlar holati muhokama qilindi.

So‘nggi uch yil (2021-2023 yillar) mobaynida mazkur yo‘nalishda 25 mingga yaqin jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 17 mingdan ortiq shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan. Shundan 5 mingga yaqini (30 foiz) 30 yoshgacha bo‘lgan shaxslarni tashkil etgan.

Tahlillarga ko‘ra, narkojinoyat sodir etgan yoshlarning soni yildan yilga o‘sib bormoqda. Xususan, 2021 yilda bunday jinoyatlar sodir qilganlarning 23 foizini yoshlar tashkil qilgan bo‘lsa, 2022 yilda 24,6 foizga, 2023 yilda esa 31,2 foizga yetgan.

Internetda psixotrop moddalar savdosiga ixtisoslashgan 52 ta axborot resursi aniqlangan. Ularning 14 tasi veb-saytlarni, 38 tasi esa Telegram messenjerini tashkil etgan. Telegram-kanallar orqali 120 mingga yaqin foydalanuvchi qamrab olingan.

IIV mas’ullari ushbu illatga qarshi kurashish va uning oldini olish borasida ko‘rilayotgan ta’sirchan choralar hamda istiqboldagi rejalar haqida ma’lumot berib o‘tdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!